Misrliklar yangi prezident saylashmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Misrliklar Husni Muborak qudratdan ketkazilganidan 15 oy o‘tib, yangi prezident tanlashmoqda.

Mamlakat bo‘ylab 50 million misrlik saylash huquqiga ega va ovoz berish shahobchalari odamlar bilan to‘lib borayotgani xabar qilinadi.

Yana ushbu mavzuga oidMisrda "Musulmon birodarlar" jonli zanjir hosil qilishmoqchiMisr: Islomni 'haqorat qilgan' aktyor uch oyga qamaldi Misr: Bosh qonun taqdiri islomchilar qo‘liga o‘tdi Aloqador mavzularYaqin Sharq 2011 yil fevralidan beri Misrni boshqarib kelayotgan harbiy kengash xalqqa adolatli saylovlar va fuqaroviy hukumatni va‘da qilgandi.

Ilk erkin saylov deb ta‘riflanayotgan jarayonda Islomiy qarashdagi siyosatchilar dunyoviylarga, inqilobchilar esa, Muborak davridagi vazirlarga qarshi bellashishmoqda.

Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan 08:00da boshlangan. Qohiradagi ko‘plab ovoz berish shahobchalariga kelayotganlar soni har daqiqada oshayotgani xabar qilinadi.

Bi-bi-siga gapirgan misrlik ayollardan biri: "Bu - juda uzun kun va katta voqelik. Misrliklar o‘zgarish yasashlari uchun yirik imkoniyat", deb aytgan.

Ovoz berish uchun navbatda turganlardan biri qancha kutib qolgani haqida so‘ralganda: "30 yil", deya javob bergan.

Kuchli nomzodlar

Saylovda 13 nomzod bellashmoqda. Ulardan 4 nafari eng kuchli nomzodlar sifatida ko‘riladi:

Ahmad Shafaq, u havo kuchlari sobiq qo‘mondoni va 2011 yil fevral oyida qisqa muddat bosh vazirlik vazifasini bajargan Amr Musa, u sobiq tashqi ishlar vaziri va Arab Ligasi rahbari vazifasida ishlagan Muhammad Mursi, Musulmon Birodarlari Ozodlik va Adolat partiyasi rahbari Abdul Munim Abu al Futuh, Islomiy qarashdagi mustaqil nomzod

Qo‘shma Shtatlarda ta‘lim olgan muxandis Muhammad Mursi avvaliga Musulmon Birodarlar partiyasining zahiradagi nomzod bo‘lgan. Ammo, sobiq siyosiy mahbus Xayrat al-Shaterning nomzodi Oliy Saylov Komissiya tarafidan tarafidan rad etilarkan, janob Mursi oldingi qatorga chiqqandi.

Yangi konstitutsiya tasdiqdan o‘tmaguncha, yangi prezident qanday vakolatlarga ega bo‘lishi ma‘lum emas va harbiylik bilan kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkinligidan xavotirlar bor.

Bi-bi-sining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha muharriri Jeremi Boven ham aftidan harbiylik prezident kursisi ortidagi qudrat sifatida qolishga qat‘iy ahd qilgan va harbiylik bilan to‘qnashuv ehtimoli kutilayotganini aytadi.

Saylovlar misrliklar uchun muhim burilish nuqtasi, deya ta‘riflanmoqda. Ular mamlakatning 5, 000 yillik tarixida ilk bor o‘z rahbarlarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lganlar.

Saylovdan so‘ng tartibsizlar boshlanishi ehtimolidan xavotirda bo‘lgan Qurolli Kuchlar Oliy Kengashi yangi prezident kim bo‘lishi yuzasidan faqat misrliklarning o‘zlari qaror berishlarini aytgan.

Agar ilk bosqichda g‘olib aniqlanmasa, saylovning navbatdagi bosqichi 16-17 iyun kunlari o‘tkaziladi.

Бу мавзуда батафсилроқ