"Toshkentliklar tramvay bilan vidolashmoqdalar"

Image caption Айрим трамвайлар атиги 5 йил олдин сотиб олинганди.

Har qaysi kun Toshkent tramvayi uchun oxirgi kun bo'lishi mumkin.

Shuning uchun bolalar bilan tramvayga minib qolishga shoshilmoqdalar O'zbekiston poytaxti yashovchilari.

Toshkentning oxirgi tramvayi qachon yo'lga chiqib safarini tugatadigan kun hali e'lon qilinganicha yo'q, shuning uchun tarixga aylanib qolishi mumkin bo'lgan tramvay ichida va yonida xotira uchun fotosuratga tushishni istayotganlar ham ko'paygan.

Image caption Инсонлар трамвай ичида хотира учун фотосуратга тушмоқдалар.

Toshkent tramvayi faoliyatini to'xtatishga qaror qilingani jahon ommaviy axborot vositalarining ham e'tiborini tortgan.

Bi-bi-si Jahon xizmati veb-saytida e'lon qilingan maqolada sotsial tarmoqlar foydalanuvchilarining ham fikr-mulohazalari berilgan.

90 kilometrlik Toshkent tramvayining tarmog'ini to'xtatish va 80 tacha vagondan iborat tramvay flotini sotish qarori haqida mart oyida e'lon qilindi.

Image caption Айримлар фикрича, Тошкент шаҳар ўзига хослигини намойиш этиб турган бир унсуридан айрилади.

Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov aytishicha, tramvaylar zarar keltirayapti va shaharning gavjum ko'chalarida transport harakatini sekinlashtirayapti.

Ammo ko'plab poytaxt yashovchilari bu qarorning oqilligini shubha ostiga oladilar va Internet ijtimoiy tarmoqlari tramvayni yo'qotayotganlaridan qayg'ularga "to'lib ketgan".

Insonlar o'zlarining tramvay bilan birga tushgan fotosuratlarini Internet tarmoqlarida boshqalar bilan bo'lashishayapti.

Image caption Айрим трамвай ишқибозлари 1950 йилларга оид тарихий фотоларни ҳам эълон қилганлар.

Bir ayolning mahalliy matbuotga aytishicha, o'g'ilchasini tramvayning ichida suratga olgan va o'g'li bir kun kelib onasi o'zini tramvayga mindirganini yodida saqlab qolishini xohlaydi.

Shahar hokimi janob Usmonov aytishicha, tramvay qulay transport vositasi deganini anglatmaydi, shuning uchun ham minglab yo'lovchilar tramvay o'rniga avtobus va metroni afzal ko'rmoqdalar.

Tramvayning temir yo'llarini olib tashlash ko'chalarni kengaytirish, ayrim yo'llarda tiqilinchning oldini olish imkoniyatini beradi, deya qo'shimcha qilgan Toshkent hokimi.

Toshkent tramvayi Markaziy Osiyodagi eng keksa tramvay tarmog'i bo'lib, uning ilk liniyasi 1912 yili ochilgan.

Image caption Тошкентнинг охирги трамвайи августда охирги марта депога ҳайдаб борилиши хабар қилинди.

Sotsial tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilar tramvay tizimini himoya qilib chiqqanlar, tramvaylarni qulay va sayohat qilishning "yashil yo'li" deb ta'riflaganlar.

Toshkent tramvay tizimini rivojlantirish uchun uzoq yillar va ko'p mablag' sarflanganini eslatganlar mushtariylar.

Tramvayni "faqatgina transportning bir ko'rinishi" emasligini ta'kidlagan ko'plab foydalanuvchilar Toshkent o'zini Toshkent qilib turgan aniq bir xarakteridan mosuvo bo'ladi, deya fikr qoldirganlar.

Umid Abdullaev shunday yozgan: "Balki bir necha yildan keyin Toshkentning keyingi rasmiylari katta xato qilib qo'yganini anglab etarlar va atrof-muhitni himoya qilish maqsadida yana tramvay yo'llarini qurib, tramvay sotib olish kerak degan qarorga kelarlar".

Image caption Трамвай изларини қўпориш анчадан буён давом этмоқда.

Anna Yurtsevna yozadi: "Afsus, mening bolam hech ham tramvayni ko'rmaydi".

Tramvay yo'llarini qisqartirish ishlari 1999 yili boshlangan. Tramvay liniyalari muntazam yopilib kelayotganiga qaramasdan, Toshkent rasmiylari Rossiya va Chexiyadan yangi-yangi tramvaylarni sotib olishda davom etaverganlar. Ayrim yangi tramvaylar Toshkentga olib kelinganiga 5 yil ham bo'lgani yo'q.

Aleksandr nuyazin shunday yozadi: "Atigi besh yil foydalaniladigan narsa uchun davlat nega shuncha ko'p pulni sarfladi? Va buning uchun hech kim javobgar ham bo'lmaydi".

Image caption Тошкентнинг илк трамвайи 1912 йили темир изга тушган эди.

"Ahmoqlar, yangi tramvayning har birini ular o'rtacha 300000 dollardan yaqindagina sotib olishgan edi", deb yozgan Schastlivaya Papa".

Transport rasmiylariga ko'ra, ikki asosiy tramvay yo'li qatnovi aprel oyida tugaydi va Toshkentda atigi ikkita liniya qoladi. Bu liniyalarni ham iyun oyida yopish mo'ljallangan. Temir izlarni olib tashlash ishlarini esa avgust oyida yakuniga etkazish rejalangan.

Ko'p toshkentliklar oxirgi marta tramvayga minib qolishga shoshilganlar.

Feysbuk foydalanuvchilaridan biri Artur Pashas esa tramvayni umrida birinchi va oxirgi marta haydab ko'rgani haqida yozgan.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netга киринг

Бу мавзуда батафсилроқ