Istanbuldagi hujum uchun masʼuliyatni ID zimmasiga oldi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

"Islomiy davlat" ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishining hayotiga zomin boʻlgan tungi klubga hujum uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan.

Guruh nomidan eʼlon qilingan bayonotda aytilishicha, "xalifalik askari nasroniylar bidʼat bayramni qutlayotgan klubga hujumni amalga oshirgan".

Istanbuldagi Reina tungi klubidagi hujumda 39 kishi halok boʻlgan, 40 odam yaralangan, ulardan ayrimlarining aholi jiddiy.

Hujumchi yashirinishga muvaffaq boʻlgan, politsiya qidiruv amaliyotlarini olib bormoqda.

Qurbonlar orasida 16 nafar xorijlik, jumladan, Saudiya Arabistoni, Isroil, Livan, Iordaniya, Frantsiya va Belgiya fuqarolari bor.

Avvalroq Istanbul shahar hokimi Vasip Shohin halok boʻlganlardan birining politsiya xodimi ekanini aytgandi.

U hujumni terrorchilik amali deb atagan.

Xabarlarga koʻra, hujum yuz bergan payt klub ichkarisida bir necha yuz kishi boʻlgan.

NTV telekanalining xabar berishicha, ayrim odamlar oʻzlarini qutqarish uchun vahima ichida Bosfor boʻgʻoziga sakrashgan.

Bi-bi-sining Istanbuldagi muxbiriga koʻra, tungi klub nafaqat mahalliy, balki xorijliklar orasida ham mashhur boʻlgan.

Turk matbuotining xabarlariga koʻra, hujumchi markaziy osiyolik boʻlishi mumkin.

Turk politsiyasi Istanbulning Zaytunburni mavzeʼsidagi oʻzbeklar ham yashaydigan mahallada reyd oʻtkazgani haqida xabarlar olingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga Istanbuldagi hujum yuzasidan hamdardlik yoʻllagan.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring