Rossiya isyonkorlar pasportlarini tan oldi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty Images

Prezident Putin Ukrainaning Donesk va Lugansk viloyatlaridagi bo'lginchilar tarqatayotgan pasportlarni "vaziyatga siyosiy yechim topish" jarayonida tan olishga doir qarorni imzolagan.

Kreml vebsahifasiga joylashtirilgan bu qarorga ko'ra, Ukrainaning ayni ikki viloyatida isyonkorlar tomonidan berilgan hujjatlar Rossiya tomonidan qabul qilinadi.

Hujjatlar orasida isyonkor bo'lginchilar tomonidan berilgan pasport, diplom, tug'ilganlik haqida guvohnoma, ismu shariflar o'zgartirilishiga doir ma'lumotlar, o'limga doir guvohnomalar bor.

Bu Rossiya tomonidan rasman Donesk va Lugansk viloyatlarini respublikalar e'lon etgan bo'lginchi isyonkorlar tarqatayotgan hujjatlarning tan olinishi bo'ladi.

Ayni qaror "xalqaro insonparvarlik qadriyatlaridan kelib chiqib, inson huquqlari va ozodligini ta'minlash" deya taqdim etilgan.

Fevral oyi boshlarida RBK nashri Donesk va Luganskda "xalq respublikasi" e'lon qilgan isyonkorlar pasportlar chiqarayotgani, bu hujjat sohiblari esa Rossiya bilan chegarani kesib o'tishlari, poyezd va ichki parvozlarga chipta, mehmonxonalardan esa joy olishlari mumkinligi haqida o'z tadqiqotida ma'lum qilgandi.

O'shanda Kreml bu mintaqadagi bo'lginchilarning pasportlari rasman tan olinmaganini aytgandi.

Prezident Putinning matbuot voizi Peskov ayni holatlar faqat "insonparvarlik nuqtai nazaridan istisno o'laroq ro'y berayotganini" uqtirgandi.

O'zlari respubliklar deb e'lon qilgan Ukrainadiga hudud isyonkorlarini hech bir davlat tan olgani yo'q.

Ukrainaga ko'ra, mintaqada terrorchi guruhlar mavjud va ulardan ayrimlarini Rossiya qo'llab-quvvatlaydi.

Moskva esa ayni ziddiyatlarga aloqasini rad etib keladi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring