Dahanaki jang Qodirov foydasiga hal bo'ldi

Рамзан Қодиров Фото муаллифлик ҳуқуқи COURTESY

Checheniston parlamenti o'quvchi qizlarning maktabga hijobda kelishlariga ruxsat berdi.

Yakuniy o'qishda bu xususda "Maorif to'g'risida"gi qonunga kiritilgan tuzatishlarni ma'qulladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Yangi o'zgartirishlarga muvofiq, "o'quvchilar o'z diniy e'tiqodlariga muvofiq kiyinishga haqli bo'lishadi".

Bunga esa, Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov va Maorif vaziri Olga Vasileva o'rtasida hijobning ustidan kelib chiqqan oshkora dahanaki jang sabab bo'ldi.

Bu mintaqaviy parlamentdagilarning ta'kidlashlaricha, diniy libos va ramzlarda yurish huquqi ham Rossiya va ham Checheniston Konstitutsiyasida ko'zda tutilgan.

Agar, "Kavkazskiy uzel" portaliga tayanilsa, poytaxt Grozniydagi maktablar o'tgan o'quv yilidan boshlab yagona maxsus libosga o'tishgan.

O'quvchi qizlarning yangi maktab liboslaridan ro'mol ham o'rin olgan.

Ammo Rossiyaning qator mintaqalarida hijob masalasi mamlakat Oliy mahkamasi tomonidan tartibga solingan.

2013 yilda mahkama Stavropol o'lkasidagi o'rta ta'lim maktablarida hijobda kelishni qonunan ma'n etgandi.

Bu yil esa, hijob masalasi Checheniston prezidenti va Maorif vaziri o'rtasidagi dahanaki jang bois yana kun tartibiga qaytgan.

Olga Vasileva xonimlari Rossiya maktablarida o'quvchilarning o'z diniy mansubliklarini ko'rsatishlariga hojat yo'qligini aytgan.

Ramzan Qodirovning bunga javob anchayin emotsional bo'lgan.

Chechen rahbari "Maorif vaziri mahalliy rahbarlarni tuzatishning o'rniga, "o'z shaxsiy qarashlari"ni millionlab odamlar ongiga tiqishtirishi g'alati ekani"ni aytgan.