Afg'oniston janubidagi portlash kamida 29 kishining hayotiga zomin bo'lgan

Фото муаллифлик ҳуқуқи EPA
Image caption Afg'oniston janubidagi portlash kamida 29 kishining hayotiga zomin bo'lgan

Afg'oniston janubidagi Helmand viloyatida mashinaga o'rnatilgan bomba portlashi oqibatida 29 kishi qurbon bo'lgan.

Mahalliy bank yaqinida ro'y bergan portlashdan yaralanganlar soni oltmishdan ortiq ekani aytilmoqda.

Bi-bi-si bilan suhbatda politsiya mulozimi, bomba Yangi Kobul Bankining Lashgargohdagi mahalliy idorasi darvozasida portlaganini ma'lum qilgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи EPA
Image caption Afg'oniston janubidagi portlash kamida 29 kishining hayotiga zomin bo'lgan

Asosan oddiy odamlar va xavfsizlik kuchlari xodimlari qurbonlar qatorida ekani xabar qilindi.

Bu hujum borasida hech qaysi guruh mas'uliyatni o'z zimmasiga olganicha yo'q.

Ammo yaqin o'tmishda IShID va Toliblar bir necha hujumlar uyushtirishgani ma'lum.

Mahalliy shifoxona rahbariga ko'ra, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Алоқадор мавзулар

Бу мавзуда батафсилроқ