Istanbulda turkiyzabon davlatlar sammiti bo‘lib o‘tmoqda

Istanbul

Istambulda turkiyzabon davlatlarning 10-sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu oliymaqom yig‘inda Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat rahbarlari ishtirok etishyapti.

Ammo, O‘zbekiston Prezidenti yig‘inda qatnashishdan bosh tortgan va o‘z vakilini yuborgan.

Ko‘p tahlilchilar turkiyzabon davlatlar sammitini samarasiz deb baholashadi. Biroq, bu safar anjuman ishtirokchilari muhim qadamlar qo‘yilishiga va‘da berishgan.

Hozir Kanadada yashayotgan jurnalist Baxtiyor Shohnazarov esa, sammit bahonasida Turkiya Prezidentiga maktub yo‘llab, Qirg‘izistonda huquqlari poymol bo‘layotgan o‘zbeklarni himoya qilishga chaqirgan.

Bi-bi-si O‘zbek Xizmati u bilan bog‘lanib, oldiniga bu sammit avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi deb so‘ragan:

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди