Moskvaning uzoq yillik meri Yuriy Lujkov ishdan olindi

Lujkov Moskvani 18 yil boshqargan
Image caption Lujkov Moskvani 18 yil boshqargan

Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedev mamlakatdagi eng qudratli siyosatchilardan biri Moskva meri Yuriy Lujkovni ishdan bo‘shatgan.

Janob Medvedev chiqargan farmonda 18 yil davomida Rossiya poytaxti uchun mas‘ul bo‘lib kelgan 74 yoshli hokim "Prezident ishonchini yo‘qotgan"i aytiladi.

Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, shahar hokimi birinchi o‘rinbosari Vladimir Resin vaqtinchalik mer etib tayinlagan.

Moskva hokimining ishdan olingani borasida davlat matbuoti Yuriy Lujkovni korruptsiya va o‘z lavozimini suiste‘mol qilishda ayblangan qator xabarlar berishi ortidan e‘lon qilindi.

(Lujkov hokimlik qilgan davrda uning xotini mamlakatdagi eng badavlat tadbirkorga aylangan). Lujkov janoblari o‘ziga qarshi ayblovlarni rad etadi.

Sharhlovchilarning ishonishlaricha, Rossiyaning eng oliy martabali siyosatchilari orasidagi mojaroga Moskva merining aftidan Prezidentni tanqid qilgan va kuchliroq rahbariyatga qaytish chaqirig‘i yangragan maqolasi turki bergan.

Shundan so‘ng, Kreml janob Lujkovga ixtiyoriy iste‘fo berishi uchun bosim o‘tkazish va yo o‘rtadan ketkizishga qaror qilgan.

Ammo, dushanba kuni mer ishdan ketish niyati yo‘qligini aytgandi.

Bi-bi-si muxbiri Richard Galpinning xabar qilishicha, buning ortidan "Prezident qarshisida yo o‘ta zaif ko‘rinish va yo qudratli siyosatchi, merligidan tashqari - iqtidordagi "Yagona Rossiya" partiyasi asoschilaridan birini ishdan haydash tanlovi qolgandi".