Burni kesilgan afg‘on qizining yangi hayot umidlari

Image caption Ойша учун янги бурунни Калифорниялик жарроҳлар "ясаб" беришди.

"Time" jurnali muqovasida surati nashr etilgan burni kesilgan afg‘on qiziga amerikalik jarrohlar yangi plastik burun "yasab" berishdi.

Oyshaning jurnalga aytishicha, turmush o‘rtog‘ining kaltak va xo‘rliklaridan qochib ketgani uchun Toliblar hukmi bilan eri burun va quloqlarini kesib tashlagandi.

"Biz Afg‘onistonni tashlab chiqsar nimalar ro‘y berishi mumkin?" sarlahasi ostidagi maqolfga ilova sifatida keltirgan Oyshaning surati katta bahslarga sabab bo‘ldi.

Oysha uchun "yangi burun"ni Kaliforniyadagi shifoxona mutaxassilari yaratishdi.

Jarrohlik amaliyoti xarajatlarini o‘z bo‘yniga olgan jamg‘arma ayollarga qarshi zo‘ravonlikka qarshi kampaniya olib boradi va ayollar uchun bepul plastik jarrohlik amaliyotlarini taklif etadi.

Oyshaga shu hafta boshlarida jam-arma tomonidan tashkil etilgan marosimda "Matonati uchun", deya nomlangan mukofot topshirildi.

Image caption Surati jurnal muqovasida chiqqan Oyshaga "Matonati uchun" mukofoti topshirildi.

Mukofotni Oyshaga Kaliforniya shtati hokimi Arnold Shvartsneggerning rafiqasi Mariya Shriverning shaxsan o‘zi taqdim etdi.

"Matonati uchun" mkofoti birinchi marotaba taqdim etilmoqda, va bu mukofot yuragida matonati va muhabbati bo‘lgan ayolga berilmoqda", dedi Shriver xonim.

Hozirda yoshi 18 da bo‘lgan Oyshani balog‘atga yetmasidanoq "xun badali" sifatida berib yuborishgan va keyinchalik Toliblar jangarilaridan biri unga uylanib olgan.

Shundan so‘ng Oyshaning boshiga turmush o‘rtog‘i va uning oilasi ne kunlarni solishmadi. Oxiri chidamay qochib ketdi. Lekin uni tutib olishdi, va turmush o‘rtog‘i jazo tariqasida burun va quloqlarini kesib tashladi.

Oyshaning misolini g‘arbda xorijiy kuchlar Afg‘onistonni tark etsalar mamlakatda nimalar ro‘y berishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni dastaklash uchun keng qo‘lladilar.

Ba‘zi tanqidchilar"Time"jurnalini po‘pisa qilish va AQSh harbiylarining Afg‘onistonda qolishlari uchun oqlov topish yo‘lida "ehtiroslarga berilishda" aybladilar.