Iroq sobiq tashqi ishlar vaziri Tariq Azizga o‘lim jazosi hukmi o‘qildi

Image caption Tariq Aziz uzoq yillar Saddam Husayn rejimining xalqaro sahnadagi "yuzi" bo‘lib kelgan

Iroq Oliy mahkamasi uzoq yillar mobaynida Saddam Husayn rejimining xalqaro sahnadagi asosiy vakili bo‘lib kelgan siyosatchi Tariq Azizga o‘lim jazosi chiqargan.

Tariq Aziz Iroq rahbari Saddam Husaynning yaqin maslahatchisi bo‘lgan.

U Iroq tashqi ishlar vaziri va Iroq bosh vaziri o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.

Iroq Oliy mahkamasi qarorida aytilishicha, Tariq Azizga Saddam Husayn hukmronligi yillarida diniy guruhlar vakillarini ta‘qib etishdagi ishtiroki uchun o‘lim jazosi tayinlangan.

2009 yilda Tariq Azizga 42 iroqlik savdogarni qatl etishdagi roli uchun 15 yillik qamoq jazosi belgilangan edi.

Shuningdek, iroqlik kurdlarni yashash joylaridan g‘ayriixtiyoriy ko‘chirishda qatnashgani uchun deb yetti yillik qamoq hukmi chiqarilgan edi.

Tariq Aziz Saddam Husayn rejimidagi kam sonli nasroniylardan biri bo‘lib, AQSh qo‘shinlari 2003 yilda Bag‘dodni egallaganlaridan ko‘p o‘tmay, amerikaliklarga taslim bo‘lgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, Tariz Aziz hozir 74 yoshda va jiddiy betob.