Ozarbayjon mahkamasi qamoqdagi ikki bloggerdan birini ozodlikka chiqargan

Image caption Ikki blogchining hajviy videolavha uchun ozodlikdan mahrum etilganiga ko‘pchilik ishonadi

Ozarbayjondagi mahkama muxolifat blogchini qamoqdan ozod qilgan.

O‘tgan yili ikki yilga hukm etilgan Adnan Hojizoda qolgan jazoni shartli o‘taydi.

U ikkinchi blogchi Emin Milliyni ozod etishlarini talab qilib shikoyat arizasi bergan.

Bu ikki blogchi birgalikda bezorilik ayblari bilan hukm etilgandi.

Tarafdorlari esa ayblovni uydirma deb atashadi.

Adnan Hojizoda va Emin Milliy o‘tgan yili yozida Bokudagi restoranda kechgan tortishuv ortidan hibsga olingandi.

Tarafdorlari bu ikkovlonga qarshi ayblovlar uydirma va bosh maqsad aksilhukumat fikrlarini bo‘g‘ish deb aytishadi.

Hibsdan oldin internetda hajviy videolavha qo‘yilgan.

Unda bir aktyor eshakdek kiyingan va matbuot anjumanini o‘tkazgandi.

Bu - Ozarbayjon hukumatini mazax qilib tayyorlangan lavha edi.

Ushbu videolavha Ozarbayjonda bo‘g‘ilayotgan fikr erkinligi yo‘lidagi kurash ramziga aylanadi.

Ushbu videolavha ortidan ikki blogchining hibsga olinishi G‘arbning tanqidlariga sabab bo‘lgan.

Shu yil sentyabr oyida Prezident Barak Obama shaxsan Ozayrbayjon hukumatiga muurojaat qilib, blogchilarni ozod qilishga chaqirgandi.