Britaniyada terrorchilikda gumon qilingan 12 odam hibsga olindi

Image caption Amaliyotning avvaldan puxta rejalashtirilgani aytiladi

Britaniya politsiyasi yirik aksil terror amaliyoti chog‘ida 12 odamni hibsga oldi. Hibsga olinganlar terrorchilik amallarini tashkillashtirishda ayblanmoqdalar.

Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rasmiylarining bildirishlaricha, hibsga olishlar al-Qoidadan ilhomlanib, Britaniyada rejalangan hujumlarning oldini olish uchun o‘tkazilgan.

Hibsga olinganlar Kardif, Stok-on-Trent va London shaharlaridan bo‘lgan.

Ularning yoshi 17 dan 28 ga qadar ekani xabar qilingan.

Hibsga olinganlarning ba‘zilari asli Bangladeshdan ekani aytiladi.

Xavfsizlik xizmatidagi manbalar o‘tkazilgan amaliyotlarni "juda muhim," deya ta‘riflaganlar.

Aytilishicha, tutish amaliyoti bir necha haftadan buyon rejalangan.

Hibsga olingan shaxslarning yaqinda Shvetsiya poytaxtida o‘zini portlatib yuborgan britaniyalik Taymur Abdulvahob al-Abdoliyga aloqasi yo‘qligi xabar qilingan.