Shoshilinch xabar - Moskva aeroportida portlash yuz bergan

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportida portlash yuz beri, 35 kishi halok bo‘lgan va 130 odam jarohat olgan. Ulardan 20 nafari og‘ir ahvolda.

Rasmiylarga ko‘ra, aeroportning yuklar olinadigan hududidagi portlash xudkush hujumchi tomonidan sodir etilgan.

Prezident Dmitriy Medvedev hukumat rasmiylari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Moskvaning Vnukovo va Sheremetьevo aeroportlarida ham xavfsizlik kuchaytirilgan, barcha yuklar, xususan qo‘l yuklari ham tekshirilmoqda.

Markaziy Osiyo va Moskva o‘rtasidagi parvozlar ham Domodedovo aeroportidan amalga oshiriladi.

Talofatlar ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan yo bo‘lmagani borasida hozircha ma‘lumot yo‘q.

Moskva oldin ham xudkush hujumchilar tomonidan nishonga olingan.

O‘tgan yil martida Moskva metrosida yuz bergan portlashda 40 kishi halok bo‘lgan edi.

Agar siz portlash guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, ko‘rganlaringizni biz bilan o‘rtoqlashing.