Misr poytaxtidagi to‘qnashuvlar guvohi hikoya qiladi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Misr poytaxti Qohirada Prezident Husni Muborakning tarafdorlari va uning iste‘fosini talab qilayotgan aksil-muborak namoyishchilar orasida to‘qnashuvlar ro‘y bergan.

Tahrir maydonida minglab raqib namoyishchilar bir-birlariga tosh otishgan va tayoqlarni ishga solganlar.

Shohidlarga ko‘ra, ayrimlarning qo‘llarida pichoqlar bor, atrofda o‘q ovozlari eshitilgan.

Ko‘plab kishilar yaralangan.

Aksilhukumat namoyishchilarning ayblashicha, Misr armiyasi muborakparast namoyishchilarning maydonga bostirib kirishiga yo‘l ochib bergan.

Tahrir maydonida ikki raqib guruh ro‘baru kelgan chiziq bo‘ylab ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llangan. Ammo uni kim ochgani ma‘lum emas.

Prezident Husni Muborakni himoya qilayotgan namoyishchilar aslida fuqaro kiyimidagi politsiyachilar deyilmoqda.

Bir shohidning aytishicha, ular aksilhukumat namoyishchilarni ushlab, harbiylarga topshirishmoqda.

Muxbirimizga ko‘ra vaziyat juda xatarnok va o‘zgaruvchan.

Iskandariya va Suvaysh shaharlarida ham shu kabi namoyishlar davom etgan.

Qohirada ta‘lim olayotgan afg‘onistonlik huquqshunos Ahmed Shaxir bey u yerdagi vaziyatni kuzatmoqda.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди