Namoyishchilar Qohiradagi Tahrir maydonini tark etdilar

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Misrdagi harbiy kengash mamlakat parlamentining tarqatib yuborilishi va joriy konstitutsiyaning amal qilishi to‘xtatiladi deya va‘da berganlaridan keyin Qohiraning Tahrir maydonida turgan namoyishchilar tarqalishga qaror qildilar.

Oliy harbiy kengash olti oy mobaynida yoki Misrda kelgusi saylov o‘tkazilgunicha mamlakatni boshqarishi haqida e‘lon qildi.

Harbiy rahbariyat yakshanba kuni ushbu bayonotlar bilan chiqdi.

Bundan oldin harbiylarning Tahrir maydonini tozalashiga qarshilik qilgan namoyishchilar bu bayonotlarni oldingi boshqaruvdan voz kechilishi sifatida qabul qildilar va maydondan chiqib ketishni boshlaganlar.

Harbiy rahbariyatga ko‘ra, Misrda yangi konstitutitsiya loyihasini ishlab chiqish uchun maxsus qo‘mita tuzilgan.

Yangi loyiha umumxalq referendumiga qo‘yiladi.

Misrdagi joriy konstitutsiya ko‘p partiyaning saylovlardagi ishtirokini taqiqlar, parlamentdagi aksar a‘zolar qudratdagi Husni Muborak boshqaruvidagi Xalq-Demokratik partiyasining a‘zolari edi.

Yanvar oyida Husni Muborak tayinlagan muvaqqat hukumat faoliyat yuritishi e‘lon qilingan, muvaqqat hukumat rahbari Ahmad Shafiq aytishicha, o‘zlarining oldilaridagi asosiy vazifa xafsizlikni ta‘minlashdir.

BBC muxbirining Qohiradan xabar berishicha, Tahrir maydoni deyarli bo‘shab qolgan, bu yerda kam sonli namoyishchilar qolishgan.