Kobuldagi savdo markazida xudkush hujumchi o‘zini portlatgan

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi savdo markazida xudkush hujumchi o‘zini portlatgani oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan.

Portlash joyi Kobul shahrining Shahrinav tumanida mehmonxona hamda savdo markazi yaqinidagi joy ekanligi xabar qilingan.

Poytaxt politsiyasidan xabar qilishlaricha, hujum oqibatida halok bo‘lganlar orasida qo‘riqchilar bor.

Portlashdan keyin otishma bo‘lgan.

Tolibon ushbu hujumni harakat a‘zolari uyushtirgani haqida Bi-bi-siga ma‘lum qilgan.

Kobul politsiyasidan polkovnik Baloch Orixilning aytishicha, bir hujumchi o‘zini o‘zi portlatganidan keyin qolgan hujumchilar savdo markaziga bostirib kirganlar.

Bu oxirgi uch hafta mobaynida Kobul shahrining qattiq qo‘riqlanadigan qismida sodir etilgan ikkinchi hujum bo‘lgan.

28 yanvar kuni supermarketga uyushtirilgan hujumda to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.

O‘tgan yili xuddi shu yerda joylashgan hind mehmonxonasi xudkushlik hujumi nishoniga aylangandi.