Nima uchun Rossiya arab dunyosidagi evrilishlardan xavotirda?

Фото муаллифлик ҳуқуқи RIA Novosti
Image caption Arab davlatlaridagi evrilishlar Rossiya rahbariyatida jiddiy xavotir uyg‘otgan

Arab dunyosidagi evrilishlar Rossiya hokimiyatining xavotirlini kuchaytirgan.

Prezident Dmitriy Medvedev "Yaqin Sharq voqealari mintaqa malakatlarini kichik davlatlarga bo‘lib yuborishi va hatto hokimiyatlar fanatiklar qo‘liga o‘tishi mumkin," deb aytgan.

Evrilishlar Rossiya kabi yirik qurol-yarog‘ sotuvchi mamlakatlarga moliyaviy jihatdan katta ziyon yetkazishi aytiladi.

Bundan bir yilcha oldin Rossiya Liviyaga 1.3 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berish borasida shartnoma imzolangandi.

Ekspertlar fikrlaricha, arab dunyosidagi so‘nggi o‘zgarishlar Rossiya qurol-asliha sanoatiga bir necha milliard dollarlik zarar yetkazishi mukin.

Yaqin Sharq, jumladan Liviyadagi vaziyat Vladikavkaz shahrida o‘tkan Rossiya Xafsizlik Kengashi majlisida muhokima etilgan.

Dmitriy Medvedev, o‘z chiqishida, Yaqin Sharq voqealari arab dunyosidagi vaziyatni izidan chiqarishi mukinligini urg‘ulagan.

Prezidentga ko‘ra, so‘nggi tartibsizliklar mintaqada o‘ta murakkab voqealarni yuzaga keltirishi hamda hokimiyatni fanatik kuchlar egallashiga yo‘l ochishi mukin.

"Ular oldinlari xuddu shunday stsenariyni Rossiya uchun ham tayyorlashgandi. Ayniqsa, endilikda ular biz uchun bunday stsenariyni amalda tayyorlashga urinishadi. Qanday bo‘lmasin, bunday urinishlar bizda o‘tmaydi," deb aytgan Dmitriy Medvedev.

Rossiya davlat rahbari huquq-tartibot mulozimlariga ko‘proq odamlar gavjum joylarga, hukumat rasmiylariga esa Shimoliy Qofqozga tez-tez borib turishlarini burdi.

Davlat rahbarining aytishicha, amaldorlar fuqarolar muammolarini, o‘z kabinetlarida o‘tirib emas, omma nazdiga borib yechishlari lozim.

Arab davlatlaridagi namoyishlar Rossiyaga iqtisodiy jihatdan ham ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Ekspertlarga ko‘ra, Rossiya va Liviya o‘rtasidagi qurol-yarog‘ savdosiga oid shartnoma bajarilmay qolsa, Rossiya harbiy sanoati bir millard dollardan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin.

Mustaqil harbiy ekspert Pavel Felgengauer fikricha, Rossiyaning yakkahokim rejim hukmron davlatlarga qurol sotib kelgani uning xalqaro obro‘yiga jiddiy futur yetkazgan.

"Arab dunyosidagi so‘nggi voqealar Moskva uchun shu jihatdan ko‘ngilsiz bo‘lishi mumkinki, Rossiya qator diktator rejimlar bilan yaqin aloqa o‘rnatib kelgan. Bunday rejimlar yanada ko‘proq qurol sotib olishlari uchun Moskva katta yonbosishga bordi. Ularning sobiq Shuro davridan qolgan qarzlarining bahridan o‘tdi. Bu ushbu rejimlarning Moskvadan yanada kuproq zamonaviy qurol xarid qilishlari maqsadida qilinardi. Endilikda hokimiyatga kelgan yangi hukumat oldingi rejim imzolagan bitimlarni tan olmasligi mumkin," deydi Pavel Felgengauer.

Biroq, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, moliyaviy inqiroz qurol-yaroq eksportiga unchalik ta‘sir kursatmagan.

Dastlabki rasmiy ma‘lumotlarga muvofiq, o‘tgan yili Rossiya qurol- asliha eksportining ko‘lami 40 millard AQSh dollarini tashkil etgan.