Rossiya: Domodedovodagi hujum uchun uch shaxsga ayblov e‘lon qilindi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption Chechen bo‘lginchilari dala qo‘mondoni Doku Umarov Domodedovodagi xudkushlik hujumi uning buyrug‘i bilan amalga oshganini e‘lon qilgan

Rossiya mulozimlari o‘tgan yanvarda Moskvaning Domodedovo aeroportidagi hujum uchun uch kishiga ayblov e‘lon qilganlar.

Uchovlon ham Shimoliy Qofqozdagi Ingushetiyadan.

Ular orasida xudkush hujumchi Magomed Yavloyevning inisi va opasi ham bor, deya xabar beradi Bi-bi-sining Moskvadagi muxbiri.

Rossiya hukumati Moskva havo qo‘nalg‘asida xudkush hujumni amalga oshirgan 20 yashar Magomed Yavloyev deb qattiq ishonadi.

U Rossiyaning Shimoliy Qofqoz mintaqasi Ingushistondagi ovloq bir qishoqdan kelgan.

Aeroportdagi hujumdan ikki hafta o‘tib, uning akasi va singlisi ham qo‘lga olingan.

Ahmed Yavloyev 22 yoshda, Fotima esa 16 yashar.

Ular Umar ismli yana bir shaxs bilan birga terrorchilik va qurol-yarog‘ savdosi kabi ayblovlarga yuz tutishayapti.

Uchovlon ham 37 kishining umriga zomin bo‘lgan Domodedovo aeroportidagi portlashga aloqalari yo‘qligini aytib, ayblovlarni rad etishmoqda.

Portlashlardan ko‘p o‘tmay Chechen bo‘lginchilari dala qo‘mondoni Doku Umarov "bu hujumni men buyurganman," deb chiqdi.

"Hali Rossiyada yana ko‘plab xudkshulik hujumlari uyushtiramiz," deb ogohlantirgandi u.

Chechen qo‘mondoni yil bo‘yi Rossiyani "qonga belash" va "ko‘z yoshlarga to‘ldirish"ga va‘da qilgan.