Сўнгги янгиланиш 7 март 2011 - 16:09 GMT

Amerika Mudofaa vaziri Robert Geyts Kobulga kelgan

Robert Geyts Afg‘onistonda Amerikaga qarshi g‘azabu nafrat avj pallasiga chiqqanda safar qilmoqda

Afg‘onistonda aksilamerika hissiyotlari kuchaygan bir paytda Amerika Mudofaa vaziri Robert Geyts Kobulga kelgan.

Janob Geyts Prezident Homid Karzay bilan uchrashmoqda. Ammo, bir kun oldin janob Karzay NATO hujumida to‘qqiz nafar yosh bolaning o‘ldirilishidan g‘azabini izhor etgan va birgina uzr so‘rash bu o‘rinda yetarli emas deb ta‘kidlagandi.

Robert Geyts Afg‘onistonda Amerikaga qarshi g‘azabu nafrat avj pallasiga chiqqanda safar qilmoqda. Kecha yuzlab odamlar Kobul ko‘chalariga chiqishgan va NATO kuchlari hujumi oqibatida tinch aholi orasidan, xususan, Ko‘nar viloyatida 9 nafar norasida bolalarning o‘limi yuzasidan norozilik bildirishgandi.

Namoyishchilar o‘lganlar va yaradorlarning rasmlarini ko‘tarib olishgan va "Amerika o‘lim" degan shiorlarni hayqirishgan...

Ayni paytda hukumat yig‘inida Prezident Karzay xalqaro kuchlar qo‘mondoni General Petreusga qarata, uning avvalroq uzrhohlik qilgani bu yaralarni bitishi uchun yetarli emasligini urg‘ulagandi.

Prezidentga ko‘ra, tinch aholi orasidan qurbonlar berilayotgani Vashington va Kobul o‘rtasidagi munosabatlar taranglashayotganining asosiy sababidir.

Ammo, ikkala davlatning ham bir-biriga ehtiyoji bor. Robert Geyts Bagrom havo bazasida AQSh askarlari bilan uchrashuvda - Amerika Afg‘onistonda kichikroq bir kuchlar to‘plami bilan 2014 yildan keyin ham qolajagini aytdi.

Uning aytishicha, ikkala mamlakat xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik yuzasidan muzokaralarni ham boshlashgan.

Prezident Obama ham yosh bolalarning qurbon bo‘lganidan o‘z taassuflarini bildirdi. Uzr so‘radi. Bolalar o‘tin terib yurishgan va jangarilar deya gumon etilib Qo‘shma Shtatlar harbiy vertolyotining hujumiga uchragandilar.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.