Сўнгги янгиланиш 11 май 2011 - 11:32 GMT

Suriya armiyasi Homs namoyishchilariga qarshi tanklarni ishga solgan

Suriyaning uchinchi eng yirik shahri Homsdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab aksil-hukumat hissiyotlarni bostirishga urinayotgan hukumat kuchlari shaharni tanklardan o‘qqa tutishgan.

Talafotlar borasida aniq ma‘lumot yo‘q.

BBC bilan suhbatda homslik bir kishining aytishicha, tanklar hujumi uch soat davom etgan va odamlar yashaydigan mahallalarni nishonga olgan.

Yana bir homslikka ko‘ra, Bob Amro hududi to‘rt kundirki qamal ichida qolmoqda. U yerda suv va elektr quvvati yo‘q, odamlar tibbiy yordam ola olishmayapti.

Uning aytishicha, xavfsizlik kuchlariga oddiy odamlar ovchi miltiqlar bilan qarshi chiqib, to‘qnashishgan.

Suriyaga xorijiy jurnalistlar kiritilmayotgani tufayli bu ko‘rsatmalarni mustaqil tarzda tasdiqlashning iloji yo‘q.

Ayni damda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi diplomatlar xalqaro bosimlar tufayli Suriya BMT Inson Huquqlari Kengashidagi o‘rin uchun nomzodini ilgari surish rejalarini bekor qilganini bildirishdi.

Prezident Bashar al Assad o‘z armiyasi terrorchilarga qarshi kurashayotganini aytadi.

Suriyadan olingan videolavhada armiya hujumlarida halok bo‘lgan namoyishchilar va odamlarning "Yo iloho illolloh, Assad Ollohning dushmani!" deya hayqirayotgani ko‘rinadi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.