Ruanda sobiq generali 30 yil ozodlikdan mahrum etildi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP
Image caption Avgustin Bizimungu jangarilarga qurol-yarog‘ va uylarga o‘t qo‘yish uchun yoqilg‘i va‘da bergan

Xalqaro urush jinoyatlari tribunali Ruanda armiyasi sobiq rahbari Avgustin Bizimunguni 1994 yilgi qatliomdagi roli uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etgan.

Tanzaniyada joylashgan Ruanda bo‘yicha Xalqaro urush jinoyatlari tribunali yarim harbiy politsiya xizmati sobiq boshlig‘i Avgustina Ndindiliyimana ustidan ham hukm o‘qigan, ammo u allaqachon o‘ziga berilgan vaqtni qamoqda o‘tab bo‘lgani uchun ozod qilgan.

Yana ikki nafar yuqori martabali generalga 20 yillik qamoq jazosi berilgan.

1994 yil yil 100 kun ichida tutsi va hutu etnik guruhlaridan 800 ming kishi vahshiyona o‘ldirilgandi.

Bizimungu va Ruandada 800 ming insonning umriga zomin bo‘lgan qatli om uchun mahkamaga tortilgan eng yuqori martabali shaxslardan biridir.

Bizimungu va Ndindiliyimana Ruanda bo‘yicha Xalqaro urush jinoyatlari tribunaliga tortilgan eng yuqori martabali rasmiylardir.

'To‘la nazorat'

"Bu Ruanda bo‘yicha Xalqaro urush jinoyatlari tribunali tomonidan olingan ijobiy qaror. Hatto ko‘p odamlar u (Bizimungu) eng oliysiga loyiq, deb o‘ylasalar-da, bu o‘z holicha katta jazodir", deb aytgan Ruanda Bosh prokurori matbuotga gapirarkan.

Mahkama 2002 yil Angolada qo‘lga olingan Bizimungu 1994 yil o‘z qo‘li ostidagi qurollilar ustidan to‘la nazorat qilgan, degan qarorga kelgan.

Ammo, Ndindiliyimana, mahkamaga ko‘ra, o‘z kuchlarini "cheklangan doirada nazorat" qilgan va qotilliklarga qarshi bo‘lgan, deya ta‘riflanadi.

2000 yil Belgiyada hibsga olinganidan beri 11 yilini qamoqda o‘tkazar ekan, u ozod qilingan.

Har ikki shaxs ham genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor topilgan.

BBCning Nayrobidagi muxbiri Vill Rossning aytishicha, hukm o‘qilarkan, Bizimungu qilt etmagan.

59 yoshli sobiq general jangarilar uylariga borib, tutsi etnik guruhiga aloqador insonlarni o‘ldirishga buyruq berganlikda ayblanadi. Aytilishicha, u tutsilarni "suvaraklar" deya ta‘riflagan.

Shu bilan birga, muxbirimizga ko‘ra, Avgustin Bizimungu jangarilarga qurol-yarog‘ va uylarga o‘t qo‘yish uchun yoqilg‘i va‘da bergan.