Ban Ki-moon: Suriyada yuz berayotgan hodisalardan juda xavotirdaman

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters
Image caption BMT bosh kotibi Suriyada umumiy avf e‘lon qilinganini olqishlagan

BMT Bosh kotibi Ban Ki-moon yana bir bor Suriyadagi bir necha oydan buyon davom etayotgan aksilhukumat namoyishlarini bostirilishiga doir vaziyatni o‘rganish va insonparvarlik missiyasi uchun Suriya ichkarisiga kirishga ruxsat berishga chaqirdi.

Yana besh yil muddatga Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh kotibi etib saylanganidan keyin BBCga intervyu bergan Ban Ki- moon Suriyada inson huquqlari poymol etilayotganidan juda xavotirda ekanini aytdi.

Janob Ban BMT Xavfsizlik Kengashidagi kelishmovchiliklar tashkilotning Suriyadagi vaziyatga nisbatan javobiy amal ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilgani borasidagi mulohazalarni rad etgan.

Mart oyidan buyon Suriyada aksilhukumat namoyishlari davom etmoqda, g‘alayonlar oqibatida bir yarim mingdan ziyod inson halok bo‘lgani xabar qilingan.

Prezident Bashar al-Asad milliy muloqotga chaqiriq bilan chiqdi, biroq tanqidchilarning fikricha, uning ko‘rayotgan choralari mutanosib emas.

20 iyun kuni Suriya davlat televideniyesi Prezident Bashar al-Asadning chiqishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etdi, ushbu chiqish ortidan davlat matbuoti xabar qilishicha, janob al-Asad 20 iyungacha "sodir etilgan jinoyatlar uchun umumiy avf" e‘lon qilgan.

Biroq bu amnistiya tafsilotlari aniq emas.

"Men ushbu umumiy avfni oliqshlayman, biroq bu narsa odamlar orasidagi haqiqiy, mazmunli va juda konstruktiv muloqtga yetaklashi kerak", deb aytgan BMT Bosh kotibi Ban Ki-moon.

"Men Suriyada bo‘layotgan hodisalardan juda xavotirdaman. Shu sababli ham men Prezident Asad bilan gaplashmoqdaman va ommaviy chiqishlarim orqali o‘z mujdamni yetkazmoqdaman. Men shunga ishonamanki, hali kech bo‘lmasdan turib, Suriya Prezidenti Asad va uning hukumati ahamiyatli va qat‘iyatli chora ko‘rishlari lozim", deb aytdi janob Ban.

Faollarga ko‘ra, aksilhukumat namoyishchilariga qarata 21 iyun kuni xavfsizlik kuchlari o‘t ochgani oqibatida kamida yetti inson halok bo‘lgan.

Prezident Bashar al-Asadning dushanba kungi telechiqishidan keyin mamlakatning Damashq, Deraa, Hama, Homs shaharlarida ko‘p sonli olomon namoyishlar uyushtirganlar.

Ular Prezident Asad va Suriya bayroqlarini ko‘tarib olganlar.

Prezident tarafdorlari va aksilhukumat namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqan, faollarga ko‘ra, shundan keyin xavfsizlik kuchlari aksilhukumat namoyishchilarni nishonga olgan.

Hukumatning mamlakat shimolida harbiy amaliyotlarni boshlagani sabab minglab tinch fuqarolar chegaradan oshib Turkiyadan boshpana topganlar yoki Suriyaning ichkarisida chegaraga yaqin hududlarda qolmoqdalar.

Prezident Bashar al-Asad qochqinlarni ortga qaytishga chaqirgan.