Malayziyada garovga olingan bog‘cha bolalari ozod qilindi

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Malayziya janubidagi Johor shtatida politsiya 30ga yaqin bolalar va tarbiyachilar garovga olingan bog‘cha nazoratini qo‘l kiritgan.

Politsiya bolg‘a pichoq bilan qurollangani aytilgan garovgirni hibsga olgan.

Bundan oldin og‘ir qurollangan qo‘shinlar bolalar bog‘chasi atrofi o‘rab olishgani va garovgir bilan muzokara olib borilayotgani xabar qilingandi. Ammo, muzokaralar qanday kechgani yuzasidan juda oz tafsilotlar ma‘lum.

Politsiya barcha garovga olinganlar sog‘-omon ekanini aytgan.

Biz garovni nihoyasiga yetkazdik. Bolalar va tarbiyachilar xavfsiz joydalar. Bolg‘a va xanjar bilan qurollangan garovgir mahalliy shifoxonaga olib ketildi", deb aytgan nomini oshkor qilishni istamagan politsiya zobiti axborot agentliklaridan biriga.

Malayziyadagi Star gazetasi politsiya bog‘cha ichkarisiga kirib borishidan oldin ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz otgani haqida yozgan.

Boshida garovgir muzokarachilardan qurol talab qilgan, aks holda bolalarni o‘ldirishini aytgan. Shuningdek, u ovqat ham so‘ragan.

Mahalliy matbuotning xabar qilishicha, ruhiy xasta bo‘lgan ushbu shaxs bolalar bog‘chasi joylashgan Muar shaharchasi hududiga tong otgan payt kirib borgan.

Bolalardan birining otasi hodisa borasida Frans Press agentligiga mahalliy vaqt bilan 10:00larda xabar bergan. U garovgir bolg‘a va pichoq bilan qurollanganini aytgan.

"Mening 5 yoshli o‘g‘lim garovda ushlab turilibdi. Men uning xavfsizligidan xavotirdaman", deb aytgandi u.

Garovgir bilan muzokaralar kechayotgan payt xavotir ichida bo‘lgan ota-onalar bog‘cha atrofida to‘planib turishgan.