Hindiston jahondagi yirik uran konlaridan birini aniqlaganini aytmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP Getty images
Image caption Hindiston yaqin yillar ichida 30 ta yadroviy reaktorni barpo etishni rejalashtirgan

Hindiston janubi-sharqidagi Andxra-Pradesh shtatida aniqlangan uran koni dunyodagi eng yirik konlardan biri bo‘lishi mumkin.

Mamlakatning Atom energiyasini o‘rganish milliy qo‘mitasi rahbari Shrikumar Banerjining ma‘lum qilishicha, Kadapa tumanidagi Tumalapalle koni zahirasi 150 ming tonnani tashkil etishi mumkin.

Hindistondagi jami uran zahiralari 175 ming tonna deb ko‘riladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, yangi uran koni ham Hindistonning atom energiyasiga bo‘lgan tobora oshib borayotgani ehtiyojini qondira olmaydi.

Atom energiyasini o‘rganish milliy qo‘mitasi rahbari Shrikumar Banerji aytishicha, dastlabki tadqiqotlar Tumalapalleda 49 ming tonna mineral mavjudligini tasdiqlagan, va bu jami zahiraning uchdan bir qismi bo‘lishi mumkin.

Agar ushbu hisob-kitoblar tasdiqlanadigan bo‘lsa, Tumalapalle koni jahondagi eng yirik uran konlaridan biri bo‘ladi.

Janob Banerji qo‘shimcha qilishicha, zahira joylashgan joy 35 kvadrat kilometrni tashkil etadi va hali ham kon tarkibini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Atom energiyasini o‘rganish qo‘mitasi rahbari yangi zahiraga qaramasdan, Hindiston uranni import qilishiga to‘g‘ri keladi.

Keyingi yillar mobaynida Hindiston 30 tacha yadroviy reaktorni barpo etishni rejalashtirmoqda hamda 2050 yilda mamlakat ehtiyoji uchun zarur elektr energiyasining chorak qismini yadro quvvatidan olishni mo‘ljallamoqda.