Norvegiyadagi hujumchi insoniyatga qarshi jinoyatda ayblanishi mumkin

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP Getty Images

Norvegiyada juma kuni 76 insonni o‘ldirganini tan olgan shaxs insoniyatga qarshi jinoyatda ham ayblanishi mumkin.

Qoralovchi Kristian Hatloga ko‘ra, hozir mamlakat politsiyasi ayni masalani ko‘rib chiqmoqda.

Andres Bering Breyvikka hozir terrorchilikka oid ayblovlar qo‘yilmoqda.

Mazkur ayblovlar bilan u 21 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Hatlo janoblarining matbuotga aytishicha, agar Breyvek insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor topilsa, unga 30 yillik qamoq jazosi belgilanishi ehtimoli bor.

Norvegiya Adliya vazirligi politsiyaning ushbu ishdagi faoliyatini "ajoyib" deya ta‘riflagan.

"Men Oslo va boshqa tumanlardagi politsiya xizmatlariga minnatdorchilik bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldim", deb aytgan Norvegiya Adliya vaziri Knut Storberget muxbirlarga gapirarkan.

Matbuotda esa, poytaxtda amalga oshirilgan portlashlar ortidan Utoyya oroliga qilingan hujumga sustkashlik bilan yondashilgani tanqid ostiga olingandi.

Jabrlanganlar

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC World Service

Prokuror Kristian Hatloning matbuotga gapirishicha, Breyvikka qarshi insoniyatga qarshi jinoyatni sodir etganlikda ayblovini qo‘yish hozircha “ehtimol” xolos.

Ushbu ayblov 2008 yil qabul qilingan qonun asosida ilgari surilishi mumkin.

Politsiya voiziga ko‘ra: "Politsiya hozirga qadar...terrorga qarshi qonunni misol keltirgan, ammo boshqa ayblovlar ham nazardan soqit qilinmagan".

Seshanba kuni kechda politsiya rasman jabrlanganlar nomlarini e‘lon qiladi.

Dushanba kuni kechqurun Norvegiya bo‘ylab turli shaharlar va shaharchalarda ularni xotirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Poytaxt ko‘chalariga 250.000ga yaqin odam chiqishgan va ularning aksari Oslodagi portlashlar va Utoyyadagi yoshlar jamlog‘ida nobud bo‘lgan 76 kishi xotirasiga gullar ko‘tarib olishgandi.

Dushanbu kuni o‘ng qanot nasroniy ekstremist Breyvik mahkamada hozir bo‘lgandi.

Unga jamiyat, hukumatga tegishli eng muhim muassasalariga shikast yetkazish va aholi orasida jiddiy qo‘rquv uyg‘otish kabi qator ayblovlar qo‘yilgan.

32 yoshli Anders Bering Breyvik Oslodagi bomba portlashi va yoshlar jamlog‘i joylashgan Utoyya orolidagi otishmani sodir etganligini tan olgan, ammo terrorga oid ayblovlarni rad etgan.

Breyvik ustidan mahkamani jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun yopiq o‘tkazishga qaror qilingan.

Prokuror Hatloning aytishicha, janob Breyvik o‘zini bir tarmoq yoki guruhda faoliyat olib borganini da‘vo qilgan hamda u bilan birga ishlagan yana ikkita tarmoq borligini aytgan.

Garchi, politsiya manbalari boshqa guruhlar borligi haqiqatga yaqin ko‘rilmaydi, ammo Hatlo janoblari yuz bergan hodisada "boshqalar ham" aralashgan bo‘lishi ehtimolini butunlay inkor etib bo‘lmaydi.

Anders Bering Breyvik sakkiz hafta qamoqda qoldiriladi va ilk 4 hafta mutlaqo ihotalangan holatda saqlanadi.

U imkon qadar ko‘proq odam o‘ldirishni maqsad qilmagani, ammo iqtidordagi Leyboristlar partiyasi uchun imkon qadar yirikroq yo‘qotishlar yaratishni istaganini aytadi.

Breyviy so‘zlariga ko‘ra, u Norvegiyaning qudratdagi partiyasi Leyboristlar partiyasi ommaviy muhojirlikka ruxsat bergani uchun jazolashni maqsad qilgan.

Oslodagi portlashlarda Leyboristlar partiyasiga tegishli binolar nishonga olingan, Utoyyadagi jamloq ham mazkur aprtyai tarafidan boshqarilgan.

Hujumlarda qurbonlar bilan birga 100ga yaqin inson tan jarohati olgan.