O‘zbekiston fuqarosi AQSh prezidentiga suiqasd uyushtirish harakatida ayblandi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP
Image caption AQSh rasmiylariga ko‘ra, Ulug‘bek Qodirov Prezident Barak Obamani o‘ldirishga qayta-qayta po‘pisa qilgan.

Ulug‘bek Qodirov ismli shaxsga Alabama shtati mahkamasi tomonidan Amerika prezidenti Barak Obamani o‘ldirishga qayta-qayta po‘pisa qilish, shuningdek, avtomatik qurol va grantaga noqonunuiy egalik qilish va AQShda noqonunuiy yashab kelganlikda rasman ayblovlar qo‘yilgan.

Tergov tomoniga ko‘ra, Qodirov shu oyning boshlarida Atlantadagi mehmonxonada o‘zini qurol-yaroq sotuvchisi, deya tanitgan politsiya xodimidan qurol sotib olish jarayonida hibsga olingan.

Alabama Shimoliy Hudud Prokuraturasi nomidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, 21 yoshli Ulug‘bek Qodirovga AQSh prezidenti Barak Obamani o‘ldirishga tahdid qilish, granata va M15 rusumidagi avtomatik qurolga ega bo‘lisha asosida ayblar qo‘yilgan.

Ulug‘bek Qodirovning AQShga 2009 yili talabalik vizasi asosida kelgani aytilgan.

Lekin 2010 yil aperliga qadar bironta ham o‘quv dargohida qayddan o‘tmaganligi tufayli vizasi o‘z kuchini yo‘qotgan.