Isyonchilarning Tripoliga kirishi bilan neft narxi tushishni boshladi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP
Image caption Jahon bozorlari Liviyadagi vaziyatning barqarorlashishini kutmoqda

Isyonchilar poytaxt Tripoliga kirisharkan, Liviyadagi urush nihoyasiga yetayotgan bo‘lishi mumkin, degan umid neft narxlari tushishiga sabab bo‘lgan.

Dushanba kuni tonggi savdoda qayta ishlanmagan Brent narxi 1,8 foizga tushgan va barreliga 106.7 dollarni tashkil etgan.

Liviya yenft sanoatidagi eng yirik xorijiy shirkat - Italiyaning ENI shirkati hissalari 5 foizga ko‘tarilgan, Frantsiyaning Total shirkati 3.5 foiz, BP va Shell hissalari narxi esa 2.3 foizga oshgan.

Jahon bozorlari Liviyadagi urushning tugashi mamlakat eksport salohiyatini qayta tiklaydi va global ta‘minotni oshiradi, deb umid qilmoqda.

Liviya dunyoning o‘n ikkinchi yirik neft ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Tahlilchilar narxlarning tushishda davom etishini bashorat qilishmoqda.

Liviyadagi urush boshlangunicha, mamlakat kuniga 1.6 million barrel xom neft ishlab chiqarar edi.

Bu dunyodagi neftning 2 foizi, demakdir.

Ammo mmalakatdagi siyosiy beqarorlik kuchayib borarkan, ishlab chiqarish keskin tushib ketdi va dunyodagi neft ta‘minoti kamaydi.

Tahlilchilar neft sanoati qayta tiklana boshlashi bilan Liviyadan kuniga 1 million barrel neftni kutish mumkinligini aytishmoqda.

Ammo ayrim tahlilchilarga ko‘ra, garchi Liviyadagi ziddiyat yechilayotgan esa-da, neft ishlab chiqarish hajmining urushdan oldingi darajaga yetishi uchun xali vaqt kerak bo‘ladi.