BMT yer yuzida 12 millionga yaqin insonning fuqaroligi yo‘qligidan tashvishda

Фото муаллифлик ҳуқуқи m
Image caption Boshpanasizlik oddiy insoniy huquqlardan mahrum qiladi

Jahondagi qariiyb 12 million inson hech qaysi mamlakatning fuqarosi emas va bu ularning oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum qiladi, deb ogohlantirgan BMT e‘lon qilgan hisobotida.

Shunday toifadagi insonlarning bolalari ham hech qaysi mamlakatning fuqaroligini ololmasliklari bu muammoni yanada chigallashtiradi.

Boshpanasizlar muammosi, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Ovro‘po, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan.

Odamlar bir qator sabablar tufayli boshpanasiz qolishadi.

Sabablardan biri - ular fuqarosi hisoblangan mamlakatning boshqa mavjud bo‘lmasligi, bunga sobiq Sovet Ittifoqi va Yugoslaviya davlatini misol keltirish mumkin.

Fuqaroligi yo‘q insonlar soni Latviya va Estoniyada sezilarli darajada ko‘paygan.

Shuningdek, lo‘lilar hamisha bu muammoni his qilishadi.

Osiyo va Afrikadagi o‘z mustaqilligini nisbatan yaqinda qabul qilgan davlatlar ham uzoq vaqt o‘z yashovchilariga fuqarolik berolmasligi hollari mavjud.

"Dahshatli huquqiy bo‘shliqda yashayotgan bu odamlar jiddiy yordamga muhtojlar", deb aytgan BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Antonio Guterres.

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP
Image caption Boshpanasizlik jamiyatda tabaqalanishni kuchaytiradi,deydi BMT komissari

"Bu ma‘lum bir sondagi odamlarni baxtsiz qilishi bilan birga bir necha avlodning ijtimoiy tabaqalanishi davom etishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ular yashayotgan jamiyatni beqarorlashtiradi va ba‘zan mojarolar manbasi bo‘lib xizmat qiladi", deb aytgan janob Guterres.

Fuqarosizlik insonlarga qator muammolarni paydo qiladi.

Ular ko‘p hollarda uy sotib ololmaydilar, bankda hisob raqami ochish, nikohdan o‘tish va farzand dunyoga kelganini rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘lmaydilar.

Ba‘zida boshpanasizlar o‘z shaxsini, turar joyini tasdiqlaydigan hujjatlari yo‘qligi sababli hibsga ham olingan holatlar mavjud.

BMT tomonidan fuqarosiz insonlarning ahvolini yengillashtirish maqsadida ikki hujjat qabul qilingan.

1954 yilda qabul qilingan fuqarosizlar mavqei haqidagi konventsiyani 66 mamlakat imzolagan.

1961 yilda qabul qilingan fuqarosizlikni qisqartirishga qaratilgan konventsiyani 38 davlatgina imzolagan.

BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Antonio Guterres bu konventsiyalarga iloji boricha ko‘proq mamlakatlarni qo‘shilishga chaqirdi.

"50 yil davomida bu konventsiyalar oz sonli davlatlarnining e‘tiborini qaratdi. Millionlab odamlarning asosiy huquqlarisiz, fuqarolikka ega bo‘lmasdan yashayotganlari juda achinarli, uyatlidir", deb ta‘kidlagan BMT oliy komissari.

Keyingi oylarda bu konventsiyalarning biri yo-da ikkalasiga ham qo‘shilgan davlatlar ichida Xorvatiya, Panama, Filippin va Turkmaniston bor.