Nigeriya poytaxtidagi BMT qarorgohi o‘ngida portlash yuz berdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи BBC World Service
Image caption Portlashda BMT vakolatxonasining birinchi qavati qattiq shikast yegani xabar qilinadi

Nigeriya poytaxti Abujada BMT missiyasi o‘ngida portlash yuz berdi.

Portlash yuz bergan joyda bo‘lgan BBC muxbiri, Bashir Saad Abdullahiy, BMT binosining birinchi qavati kuchli ziyon ko‘rganini aytadi.

Politsiya va qutqaruvchilar binodan yaradorlar va o‘liklarni chiqarish bilan band.

Mahalliy shifoxonalarga yaradorlar kela boshlashgan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, portlashda kamida o‘n odam halok bo‘lgan.

Yetkazilgan talafot ko‘lami aniqlanmoqda.

Portlash uchun hozircha hech kim mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olmagan.

Nigeriya hukumati vakili portlash uchun "terrorchilarni" ayblagan.

Portlash mahalliy vaqt bilan 11:00 Abuja markazida diplomatik vakolatxonalar joylashgan mintaqada yuz bergan.

Portlash sahnasining AQSh elchixonasiga yaqinligi aytiladi.

Guvohlarga ko‘ra, BMT binosi yonida avtomashina portlagan, biroq ushbu xabarlar hozircha rasmiylar tomonidan tasdiqlanmadi.

Iyun oyida Abujadagi politsiya idorasi binosi o‘ngida mashina portlatilgan edi.

O‘shanda portlash uchun mas‘uliyatni "Boko Haram" islomiy guruhi olgan edi.

Ushbu guruh Nigeriyada shariat qonunlarining joriy etilishini istaydi.