Dehli portlashiga aloqadorlik gumoni bilan kashmirlik maktab o‘quvchilari hibsga olinganlar

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

Hindiston nazoratidagi Kashmir politsiyasi o‘tgan hafta Dehlidagi oliy mahkama binosi yonida sodir etilgan portlashlarga aloqadorlikda ikki o‘smir hibsga olingan.

7 sentyabr kuni Hindiston Oliy mahkamasi tashqarisida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan insonlarning soni 14 ga yetgan, 67 kishi jarohatlangan.

17 va 18 yoshdagi Obid Husayn va Shariq Ahmadni ushbu hujumni "Harakatul-Jihod al-Islomiy" radikal guruhi uyushtirgani haqidagi bayonotni elektron maktub orqali ommaviy axborot vositalariga yuborishda gumon etmoqdalar.

Politsiya ikki o‘spiringa jinoyatga til biriktirish ayblovi qo‘yilgani va tergov davom etayotgani haqida aytgan.

Elektron maktubdagi hujum uchun mas‘uliyat soxta yoki rostligi tekshirilmoqda.

Elektron xat Kashmirning Jammu shahri yaqinidagi Kishtvar bo‘lgasida joylashgan Internet-kafedan yuborilgan.

Portlashlardan keyin ushbu Internet-kafe egasi va yana to‘rt shaxs hibsga olingan, savol-javobdan keyin ular qo‘yib yuborilganlar.

Internet-kafe egasi tergovda kun davomida muassasasiga asosan guruh-guruh bo‘lib maktab o‘quvchilari kirishganini aytgan.

"Harakatul-Jihod al-Islomiy" guruhini AQSh Davlat departamenti "Al-Qoida"ga aloqador terrorchi guruh deb e‘lon qilgan.

"Harakatul-Jihod al-Islomiy" guruhini Hindiston, Pokiston va Bangladeshda sodir etilgan zo‘ravonliklarda ayblashgan, biroq Hindiston rasmiylari oxirgi yillarda bu guruh faoliyati mamlakatda kuzatilmaganini va hujum uchun mas‘uliyat haqidagi bayonotlar tekshirilishi kerakligini aytishgan.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari Dehlidagi portlashni "Hindiston mujohidlari" guruhi uyushtirgani haqidagi elektron maktubni ham olganlar.

Gujarat shtati politsiyasi ushbu soxta maktubni yuborgan shaxsni ham hibsga olganlar.

Muxbirlarning yozishicha, so‘nggi portlash Hindistonning eng muhim muassasalarini himoya qilishga naqadar qodir ekani borasidagi shubhalarni yangilagan.

Bu boradagi savollar 2008 yildagi halokatli Mumbay hujumlaridan keyin o‘rtaga tashlangan, shundan keyin mamlakatda xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilgani aytilgan.