Сўнгги янгиланиш 29 сентябр 2011 - 11:17 GMT

Saudiya podshosi haydovchi ayolni darralash hukmini bekor qilgan

Saudiya ayollar qirollik rahbariyatiga bosim o‘tkazish umidida so‘nggi paytlari mashina haydash boshlashgan.

Saudiya podshosi Abdullo ayol haydovchini 10 marta darralashga hukm etgan mahkama qarorini rad etganini ilk bora Saudiya malikasi internetga olib chiqadi.

Keyinroq bu borada yozgan xabar agentliklari esa o‘z nomini oshkor etmagan mulozimlarga tayanishdi.

Shima ismli ayol o‘tgan yozda Jadda shahrida mashina haydab ketayotganida ushlangan edi. U xotin-qizlarning avtomashina haydashini man etuvchi qonunni buzganlikda ayblangan.

Saudiya shahzodasi Alvalid at-Tavilning rafiqasi, malika Amira bu borada ijtimoiy muloqot vebsahifasida yozar ekan, "Ollohga shukur, Shimani darralash bekor qilindi. Podshohimizga tasannolar" - deb qayd etgan.

Malika bu qarordan Saudiyadagi barcha ayollar xursand bo‘lishiga ishonishini ham bildiradi.

Xabarlarga ko‘ra, joriy yil oxirida yana ikki nafar ayol ham aynan mashina haydash taqiqini buzishga oid ayblar bilan mahkamaga yuz tutishi kutilayotgan edi.

Keyingi oylarda esa mamlakat rahbariyatiga bosim o‘tkazish umidida ko‘plab ayollar Saudiya shaharlarida mashina hayday boshlashgan.

Saudiyadagi shar‘iy qonun-qoidalarga muvofiq, ayollarning jamoat joylaridagi hatti-harakatlari uchun erlari va yoki otalaridan ruxsat olishlari kerak.

Ammo muxbirlarga ko‘ra, 2005 yili taxtga o‘tirgan Podsho Abdullo ayollar huquqlari masalasida anchayin islohotparvar siyosat yuritmoqda.

Biroz oldinroq Saudiya podshosi 2015 yili ilk bora ayollarning ham saylovlarda ovoz berish imkoniga ega bo‘lishlarini e‘lon qilgan edi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.