Bangladeshda tilanchilar orasida so‘rov o‘tkazilmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи none

Bangladesh rasmiylari poytaxt Dakkadagi tilanchilar orasida ilk bor so‘rov o‘tkazmoqda.

Maqsad, aytilishicha, tilanchilar muammolari ildizini topish hamda boshqa muqobil tirikchilik usullarini taklif etishdir.

12 million inson istiqomat qiluvchi Dakka shahrining o‘zida 40, 000 nafarga yaqin gadoy borligiga ishoniladi.

Hukumatning tilanchilikka barham berish sa‘y-harakatlarga qaramay, bunday kun kechirish usuli poytaxt va Bangladeshning boshqa qismlarida keng tarqalgan.

Tilanchilar orasida ilk bor o‘tkazilayotgan omma so‘rovi juma kunidan boshlanadi. Ammo, ushbu tadqiqot allaqachon tanqidlarga ham sabab bo‘lgan.

Har kuni Dakkadagi yo‘l chetlari, svetoforlar va tijoriy binolar qarshisida yuzlab tilanchilarni ko‘rish mumkin.

Ularning aksari jismonan nogiron insonlardir.

Tilanchilarni mavsumiy va yo ma‘lum vaqtga qaramay faoliyat qiladiganlar, nogironlar, ayollar va bolalar kabi toifalarga ajratish mumkin.

Hukumat so‘rovni olish borish uchun 10ta nohukumat tashkilotlarini ishga solgan.

Xavotirlar

Bangladesh Ijtimoiy yordam vaziri Enamul Haq Mustafo Shohid maqsad tilanchilarni haydab solish emas, balki ularga ko‘mak ko‘rsatish ekanini aytadi.

"Biz o‘z qishloqlariga qaytib, o‘z hayotlarini qayta boshlamoqchi bo‘lganlarga yordam beramiz", deydi u.

"Biz ularni kasbiy tayyorlovdan o‘tkazamiz. Ba‘zilarga keksalik nafaqatlarini berishga tayyormiz. Qayta tarbiyalash dasturi uchun bizga tilanchilar haqida aniq ma‘lumotlar kerak", deya urg‘ulaydi vazir.

Biroq, ayrim inson huquqlarini himoya qilish guruhlari so‘rov usulini tanqid ostiga olishgan. Ularga ko‘ra, poytaxtda tilanchilik taqiqlangan ekan, bu ishni qilayotganini tan olgan har qanday shaxs jinoyatchi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Ammo, hukumat so‘rovda ishtirok etadiganlar jazolanmasligini aytadi.

Faollar esa, tilanchilar Dakkaning yirik hududi bo‘ylab doimiy harakatda ekan, so‘rov o‘tkazishning o‘zi mushkul kechishi mumkin.