Frantsiya Prezidenti Sarkozi qiz ko‘rdi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Other

Frantsiya Prezidenti Nikolya Sarkozining rafiqasi Karla Bruni qiz ko‘rdi.

Guvohlarga ko‘ra, Sarkozi janoblari shifoxonaga rafiqasining ko‘zi yoriganidan bir necha soat o‘tib kelgan.

Prezident Olmoniyada yevrohududdagi moliviy inqirozga bag‘ishlangan muzokaralarda ishtirok etayotgan bo‘lgan.

Yelisey saroyi chaqaloq tug‘ilgani haqida maxsus e‘lon qilmasligi, chunki homiladorlik shaxsiy masala ekanini aytgan.

Bruni-Sarkozi xonimning avvalgi oilasidan bir o‘g‘li, Nikolya Sarkozining esa, uch o‘g‘li bor.

Frantsiya matbuoti qizaloq kecha soat 20:00da tug‘ilgani haqida xabar qilgan, ammo boshqa tafsilotlarni bermagan.

Axborot agentliklaridan biriga ko‘ra, Frantsiya Prezidentining rafiqasi atrofidagilardan biri ham xabarni tasdiqlagan, biroq hali chaqaloqning ismi ommaga oshkor etilmaganini aytgan.

'Tarixda ilk bor'

Frantsiya tarixida ilk bor qudratdagi Prezident farzand ko‘rgan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи none
Image caption Karla Bruni ko‘zi yorigunga qadar omma ko‘z o‘ngida ham kamnamo bo‘lgan

Asli italiyalik Bruni-Sarkozi xonim imkon qadar homiladorligi atrofida shov-shuv ko‘tarmaslikka harakat qilgan. To ko‘zi yorigunga qadar omma ko‘z o‘ngida ham ko‘p ko‘rinish bermagan.

Ayni paytda u Frantsiya gazetalaridan birida farzandining suratlarini ham hech qachon ommaga oshkor etmasligini aytgan.

Sarkozi xonim uning homiladorligi Frantsiya ommasini uchun u qadar qiziq emasligini ham ta‘kidlagan, ayni paytda shaxsiy hayotni ommaga fosh etish "katta odamning xohishi" ekanini aytgan.

Guvohlarga ko‘ra, Prezidentning rafiqasi ko‘zi yorigan xususiy klinika atrofini xavfsizlik soqchilari o‘rab olishgan va jurnalistlarga kirishdan 100 metr uzoqda turishlariga ruxsat berilgan.

Shu bilan birga boshqa farzand ko‘rgan ayollarni ko‘rishga kelganlar shifoxonaga kirishlaridan oldin politsiya tomonidan tekshirib ko‘rilgan.

Janob Sarkozi klinikaga chorshanba kuni kelgan, ammo ko‘p o‘tmay u yerni tark etgan.

Yelisey saroyiga ko‘ra, Prezident Olmoniya kantsleri Angela Merkel, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard, Ovro‘po Markaziy banki boshlig‘i Jan Klaud Trichet va boshqa qator rahbarlar bilan muzokaralar olib borish uchun Frankfurtga ketgan.