Сўнгги янгиланиш 7 ноябр 2011 - 14:04 GMT

Niderlandiya: halol va kosher go‘shtlari ta‘qiqlanishi

Ovro‘poda ko‘plab musulmonlar asosan halol go‘sht iste‘mol qilishadi

Kelgusi oy Niderlandiya parlamenti zabh etishning halol va kosher usullarini qo‘llashga ta‘qiq kiritishi kutilmoqda.

Ba‘zi guruhlar ushbu ta‘qiq ularning diniy erkinliklarini poymol etishini da‘vo qilmoqdalar.

Halol go‘sht hayvonlarning bo‘yinlariga bir marta pichoq tortish bilan amalga oshiriladi.

Musulmonlar halol go‘shtni sog‘liq uchun zararsizroq deb bilishadi, chunki go‘sht qon tarkibidiga bakteriyalardan tozalangan bo‘ladi.

Niderlandiyada 16 million odam yashaydi, ularning taxminan bir millioni musulmonlardir.

Haagada bu qonun loyihasi muhokama bosqichidan o‘tib bo‘ldi, parlamentda uni migratsiya va Islomga qarshi bo‘lgan Ozodlik partiyasi qo‘llab quvvatlagan.

Lekin qonun mualliflari gap bu yerda hayvonlarga ozor bermaslik haqida ketayapti deyishadi.

Halol yo‘l bilan mol so‘yish uch ming yil avval insoniy usul sifatida tanlangan.

Lekin bugunda elektr shoki bilan o‘ldirish insoniy usul deb ko‘riladi.

"Shunday ekan ana shu usulni qo‘llash kerak," deydi parlament a‘zosi Marian Tiym.

Yahudiylar jamoasi ham kosher go‘shtini ishlab chiqarishda an‘anaviy qassoblikni qo‘llashadi.

Niderlandiyaning eng yuqori martabali ravvini bu ta‘qiqni Xolokost davri bilan solishtiradi.

"Gitler Hollandiyaga 10 mayda bostirib kirganidan ikki-uch oy o‘tib qabul qilgan birinchi qonunlaridan birida hayvonlar farovonligi deb yahudiylarning mol so‘yish usulini bekor qilishi ko‘zda tutilgandi," deydi ravvin Binyamin Jeykobs.

Ba‘zilar uchun aslida muammo halol go‘shtda emas, balki Niderlandiya jamiyatida oshib borayotgan aksil musulmon hissiyotlaridadir.

Ba‘zi odamlar qassobxona peshtaxtalarida "halol" degan yozuvni ko‘rishni istayshmaydi.

Ular musulmonlar uylarida jimgina o‘tirishlarini istashadi, deydi musulmon huquqshunosi Umar Mirza

Ta‘qiq qachon kuchga kirishi aniq emas.

Hozirda esa niderlandiyaliklar din erkinligining bu jihatidan oxirgi marta foydalanib qolmoqdalar.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.