Misr: Faollar yirik ommaviy namoyishlarga chaqirishmoqda

Image caption Minglab namoyishchilar tunni Tahrir Maydonida o‘tkazishgan

Misrdagi muxolif guruhlar Tahrir Maydonida yirik sonli norozilik yurishi tashkil etishga chaqirishmoqda. Ayni paytda iqtidordagi Qurolli Kuchlar Kengashiga qarshi noroziliklar davom etmoqda.

Maydon yana bir bor xavfsizlik kuchlari va norozilik namoyishi ishtirokchilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sahna bo‘ldi.

Namoyishchilar Qurolli Kuchlar Kengashining qudratni fuqaroviy hukumatga topshirishini istashmoqda.

"Minglab norozi namoyishchilar yana bir tunni Tahrir maydonida o‘tkazishdi", deya xabar qiladi BBC muxbiri.

To‘qnashuvlar ko‘plab shaharlarga yoyilgan. Suvaysh kanali bo‘yida joylashgan Ismoiliya shahrida ikki inson o‘ldirilgan.

Uch kundan buyon davom etayotgan noroziliklar davomida kamida 26 inson nobud bo‘lgani xabar qilinadi.

Ayni paytda Misrdagi siyosiy vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolgan ko‘rinadi.

Fuqaroviy qo‘mita Qurolli Kuchlar Kengashiga iste‘fo taklif qilgan, biroq bu qabul qilinganmi yo‘qligi aniq emas.

Xalqaro Amnesti tashkiloti harbiylikni inson huquqlari vaziyatini yaxshilashga oid va‘dasining ustidan chiqmayotganini aytgan.

Dushanba kuni kechda Bosh vazir Essam Sharaf iste‘fo taklifni e‘lon qilishi ortidan Tahrir maydonida 20, 000 nafarga yaqin kishi to‘plangan.

Biroq, ularning soni yil boshlarida 30 mamlakatni boshqargan Husni Muborakni qudratdan ag‘darishga olib kelgan namoyishlar paytidagidan anchayin kamligi aytiladi.