Yaponiyalik yoshlarning yarmidan ko‘prog‘i umr yo‘ldoshiga ega emas

Image caption XXI o‘rtalariga borib Yaponiya aholisi ikki baravarga kamayishi mumkin

Yaponiyada o‘z umr yo‘ldoshiga ega bo‘lmagan yoshlar soni rekord darajaga yetgan. Mamlakat hukumati o‘tkazgan ijtimoiy tadqiqod ana shunday natijani ko‘rsatgan.

Mamlakatda 18 dan 34 yoshgacha bo‘lgan bo‘ydoq erkaklarning 61% hech kim bilan romantik aloqada emas ekan.

Ayni yoshdagi ayollarning yarimi "yolg‘iz" hisoblanar ekan.

Yolg‘izlar soni 2005 yilda o‘tkazilgan o‘xshash tadqoqod natijasidan ham ko‘proq ekani ma‘lum bo‘lgan.

Shuningdek, Yaponiyada o‘xshash so‘rovlar o‘tkazila boshlagan davrdan buyon mazkur ko‘rsatkich hech qachon qayd etilmagani aniqlangan.

Yaponiya dunyoda tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, XXI asr o‘rtalariga borib, mamlakat aholisi teng yarimga kamayishi mumkin.

Shu sababli hukumat har besh yilda aholi orasida jinsiy aloqa va oila qurishga bo‘lgan munosabatni o‘rganib turadi.

Oxirgi so‘rov natijalariga ko‘ra, erkaklarning choragidan ko‘prog‘i va ayollarning 23% o‘ziga umr yo‘ldoshi topishga harakat ham qilmasligi aniqlangan.

Bu holatni ba‘zilar moddiy qiyinchiliklar bilan, ba‘zilar esa 25 yoshdan keyin loyiq insonni topish imkonsizligi bilan izohlashgan.

Bundan tashqari, ba‘zi ayollar turmushga chiqishdan ko‘ra yolg‘iz yashash ularga qulayroq ekanini ta‘kidlashgan.

Tadqiqod natijalariga ko‘ra, uylanmagan erkaklarning choragidan ko‘prog‘i va 35 dan 39 yoshgacha bo‘lgan ayollar hech qachon jinsiy aloqada bo‘lmaganliklarini aytganlar.