Сўнгги янгиланиш 6 декабр 2011 - 14:30 GMT

Rossiya: Moskvada Putinga qarshi yuzlab kishilar namoyishga chiqishdi - video

Xalqaro kuzatuvchilar Rossiyada yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ko‘plab qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini aytisharkan, minglab kishilar "Yo‘qolsin Putin", deya, Moskva ko‘chalariga chiqishgan.

Kecha tunda Moskva markazida namoyish uyushtirgan namoyishchilar xolis saylovlar o‘tkazilishini talab etishgan.

Namoyishchilarga ko‘ra, yakshanba kungi saylovlar sharmandalikdan o‘zga narsa emas.

Ular "Putinsiz Rossiya" va "Inqilob", degan shiorlarni aytib, hayqirishgan.

Namoyishchilar va politsiya xodimlari orasida to‘qnashuvlar ham kuzatilgan. Natijada 300 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Rossiyada bo‘lgan muxbirlarimiz poytaxt bu yaqin yillar ichida bu kabi yirik namoyishlarga sahna bo‘lmaganini aytishadi.

Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga ko‘ra, ovozlar Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putinning boshqaruvdagi "Yagona Rossiya" partiyasi foydasiga soxtalashtirilgan.

Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedevning ta‘kidlashicha esa, saylovlar adolatli va demokratik bo‘lgan.

Sankt-Peterburg shahrida ham noqonuniy namoyishga chiqqanliklari aytilib, yuzga yaqin namoyishchi hibsga olingan.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.