BBC navigation

Pokiston Prezidenti Dubaydagi shifoxonada muolija olmoqda

Сўнгги янгиланиш 7 декабр 2011 - 15:27 GMT

Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy Dubaydagi shifoxonada yurak xastaligi bo‘yicha davolanmoqda.

Bu haqda ma‘lum qilgan prezident matbuot kotibi Zardoriy janoblari iste‘foga chiqishi mumkinligi borasidagi xabarlarni rad etgan.

Prezident voiziga ko‘ra, Zardoriy janoblari "rejaga muvofiq tibbiy tekshiruvdan o‘tmoqda".

Ammo, Pokiston matbuotida chiqqan xabarlar uning iste‘fosi borasidagi xabarlar gap-so‘zlarni urchitib yuborgan.

Munozarali siyosiy shaxs bo‘lgan Zardoriy janoblari Pokiston Xalq Partiyasi 2008 yilgi saylovlarda g‘olib chiqishi ortidan qudratga kelgandi.

Partiyaga avval uning rafiqasi rahbarlik qilgan. Bhutto xonim 2007 yil o‘ldirilgandi.

"Prezident Osif Ali Zardoriy tibbiy tekshiruvlar uchun rejaga muvofiq Dubaydagi shifoxonasida", deb aytgan prezident yordamchisi Farhatullah Babar axborot agentliklaridan biriga gapirarkan.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.