BBC navigation

Abdullo O‘jalan Turkiya hukumati bilan sulhga chaqirdi

Сўнгги янгиланиш 21 март 2013 - 12:07 GMT

Turkiyada qamoqda qolayotgan kurd isyonkorlari yetakchisi Abdullo O‘jalan hukumat bilan yarashuvga chaqirgan.

Uning hibsdan yo‘llagan bayonoti Diyorbakirda Navro‘zni nishonlanayotgan o‘n minglab kurdlarga o‘qib eshittirilgan.

Abdullo O‘jalan Turkiya janubiy-sharqida muxtoriyat uchun kurash olib borayotgan kurd jangchilarini Turkiyadan chiqib ketishga undagan.

Qariyb 30 yildan beri javom etayotgan janglar 40 mingdan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgan.

Hukumat bilan sulh tuzishga chaqiriq PKK isyonkorlari va Turkiya davlati o‘rtasida bir necha oydan beri olib borilgan tinchlik muzokaralari ortidan yangragan.

"Tinchlik tilida gapirilmoqda. Biz buning amalga tadbig‘ini ko‘rishimiz kerak", deb aytgan Turkiya Ichki ishlar vaziri Muammar Go‘ler so‘nggi yangilikka munosabat bildirarkan.

Bundan oldin ikki o‘rtada otashkesim o‘rnatishga qaratilgan qator urinishlar muvaffaqiyatsiz yakun topgandi.

Biroq, Bi-bi-sining Istanbuldagi muxbiri Jems Reynoldsga ko‘ra, Abdullo O‘jalanning bayonoti kurd isyonkorlari va Turkiya davlati o‘rtasidagi 30 yillik qurolli mojaroga barham berish tomon muhim qadamdir.

U bu gal O‘jalon va Bosh vazir Rajab Toyib Erdo‘g‘an vositachilar yordamida muloqot olib borganlariga e‘tibor qaratadi.

Ammo, bayonot uchun haqiqiy sinov uning amalga tadbiq etilishidir.

Muxbirimizga ko‘ra, 14 yildan beri hibsda qolayotgan Abdullo O‘jalan hamon kurdlar orasida so‘nggi qarorni beruvchi shaxsdir.

Kurdiston Ishchi Partiyasi - PKK rahbari Abdullo O‘jalan 1999 yil Keniyada qo‘lga olingan va xiyonatda aybdor topilib, bir umrga ozodlikdan mahrum etilgan.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.