“Islomiy Davlat”qadimiy Palmirani ishg‘ol qilgan

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP
Image caption Palmira "Islomiy davlat" nazorati ostida

“Islomiy Davlat” jangarilari Suriyaning qadimiy shahri Palmirani ishg‘ol qilgan. Aytilishicha, ular bebaho qadimiy vayronalar joylashgan hududga ham kirib borishgan.

Suriya inson haqlarini kuzatish markaziga ko‘ra, ID jangarilari nodir ustunlarni buzib tashlashga urinishgani haqida xabar qilingani yo‘q.

Tashkilotning aytishicha, ID u yerdagi havo qo‘nolg‘asi, qamoqxona va josuslik xizmati qarorgohini ham nazorat qilmoqda. Suriya shahardan hukumatparast kuchlar chekinganini tasdiqlagan.

“Islomiy Davlat” bundan oldin Irokdagi Islomdan oldingi qadimiy asori atiqalarni vayron qilgandi.

'Jahon janggi'

Suriya davlat matbuotining xabar qilishicha, hukumatparast kuchlar Tadmur (Palmira joylashgan zamonaviy shahar) aksar aholisini evakuatsiya qilganidan so‘ng, shaharni tark etgan.

Bi-bi-sining Bayrutdagi muxbiri Jim Muyrning aytishicha, aholi soni odatda 70,000 deyilgan, biroq yaqindan beri jang maydonlaridan qochib kelgan odamlar hisobiga bu raqam anchayin oshgan.

Davlat matbuotga ko‘ra, ID shahar janubidagi tarixiy hududga kirib olish uchun qo‘shimcha kuchlar chaqirgan. Aftidan, ular hududni o‘zlariga qarorgog‘i qilishmoqchi va muxbirimizning aytishicha, jangarining oldini hech kim to‘sa olmaydigan ko‘rinadi.

Suriya inson haqlarini kuzatish markazi ham Palmira atrofida kechgan to‘qnashuvlarda 100dan ortiq hukumatparast kuchlar halok bo‘lgan.

Palmiradagi yuzlab haykallar xavfsiz joyga ko‘chirilgan, ammo qadimiy qismidagi yirik monumentlarni qo‘zg‘atish imkoni bo‘lmagan.

Suriya asori-atiqalar markazi rahbari Mamun Abdul Karimning aytishicha, bu “butunboshli jahon janggi”dir. U AQSh yetakchiligidagi harbiy koalitsiyadan jangarilar qadimiy yodgorliklarni buzib tashlashlari oldini olishni so‘ragan.

Cho‘li biyobonda qad ko‘targan Palmirada buyuk tarixiy shahar vayronalari saqlangan va bu qadim dunyo madaniyatining eng asosiy markazlaridan biri hisoblanadi.

Palmiraning tarixi 1-2 asrlarga borib taqaladi.

BMTning madaniyat agentligi YuNESKO so‘nggi vaziyatdan “o‘ta tashvishda” ekanini aytgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ