Italiya politsiyasi Sitsiliyadagi "mafiya oilasi"ga qarshi reyd o‘tkazdi

Italiya politsiyasi Sitsiliyada mafiyaga aloqadorlikda shubha qilingan bir oilaning besh a‘zosidan 1,76 milliard dollarga teng mol-mulkni musodara qildi.

Beshovlon jamoatchilik inshootlarini qurish bo‘yicha tender shartnomalarini qo‘lga kiritishda mafiyadan yordam olganlikda gumon qilinadi.

Sitsiliya poytaxti Palermo politsiyasi mazkur reyd hududda amalga oshirilgan eng katta reydlardan biri ekanini aytdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Sitsiliyaning Koza Nostra mafiyasi Italiyadagi iqtisodiy inqiroz davrida o‘z faoliyatini jadallashtirgan.

Musodara qilingan mulk ichida bank hisoblari, ko‘chmas mulk va mebellar bor.

Beshovlon - uch aka-uka va bir opa-singilning yoshlari 60 va 70larda.

Italiya matbuotiga ko‘ra, ular 1980-yillarda mardikorlik qilishgan, biroq so‘ngra milliarderlarga aylanganlar.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02. Instagram – BBC UZBEK Twitter – BBC UZBEK Odnoklassniki – BBC UZBEK Facebook- BBC UZBEK Google+ BBC UZBEK YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek) Skype - bbcuzbekradio