Pokistondagi kuchli portlashda o'nlab insonlar halok bo'lgan

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

Pokiston politsiyasi xabar tarqatishicha, mamlakat shimoli-g'arbidagi davlat idorasi oldida xudkush hujumchi o'zini portlatgani oqibatida kamida 22 inson halok bo'lgan.

Hujum Mardan shahri Milliy ma'lumot va ro'yxat idorasi yaqinida ro'y bergan.

30 dan ortiq inson jarohatlangan.

Pokiston "Tolibon"idan 2014 yili ajralib chiqqan "Jamoatul Ahror" guruhi hujum uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan.

Xabarlarga ko'ra, xudkush hujumchi mototsiklda kelgan va idora darvozasi oldida qo'riqchilar tomonidan to'xtatilgan payti o'zini-o'zi portlatgan.

Muxbirlarning xabar qilishlaricha, bu idoraning atrofi doim odamlar bilan gavjum bo'ladi.

Odamlar bu erga shaxsni tasdiqlaydigan guvohnoma olish uchun yig'iladilar.

Halok bo'lgan va yaralanganlarning aksari tinch fuqarolar bo'lganlar.

Mardan shahridagi Bach Xan Tibbiyot markaziga kamida 16 insonning jasadi, o'nlab yarador odamlar etkazilgan, deya xabar tarqatgan Reyter axborot agentligi.

"Agar xavfsizlik qo'riqchilari idora darvozasi oldida hujumchini to'xtatmaganida, qurbonlar soni ancha ko'p bo'lardi", deb aytgan Mardan politsiyasidan general Said Voziy.

General Voziy so'zlariga ko'ra, xudkush hujumchi yonida 12 kilogramm portlovchi modda bo'lgan.

Mardandagi portlash Pokistonda 2014 yili dekabridagiPeshovar hujumlaridan keyingi eng halokatli hujum bo'lgan.

O'tgan yili dekabrida hujumchilar Pokiston armiyasiga tegishli maktab hududiga kirib o'quvchilar va o'qituvchilarini o'ldirgan edilar.

Peshovar qirg'ini deb nom berilgan hodisada 150 kishi halok bo'lgan.

O'sha hujumni o'zbek jangarilari tashkil qilganlarini aytib chiqqanlar.

Mardan shahri Peshovar shahridan 50 kilometrcha shimoli-g'arbda joylashgan bo'lib, Haybar-Paxtunxva viloyati markazi hisoblanadi.

Pokiston harbiylarining jangarilarga qarshi amaliyotlari hujumlar sonini kamaytirgan.

Muxbirlarga ko'ra, 2014 yilning har oyida o'nlab hujumlar kuzatilgan bo'lsa, 2015 yili har oyda bir yoki ikki hujum ro'y bergan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ