Turk shirkatlariga qurilish va sayyohlik taqiqlandi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP
Image caption 2016 йил 1 январидан Туркиядан мева-чева импорти ҳам тақиқланади.

Rossiya hukumati mamlakat hududida Turkiya shirkatlari faoliyat yuritishi taqiqlangan ish va xizmatlar ro‘yxatini e‘lon qilgan.

Bu taqiq Turkiyada ro‘yxatdan o‘tgan yoki Turkiya fuqarosi boshqaradigan shirkatlarga ta‘luqli.

Rossiya hukumatiga ko‘ra, Turkiya shirkatlarining qurilish va me‘morchilik bilan shug‘ullanishi, sayyohlik faoliyat yuritishi va davlat ehtiyoji uchun ishlarni bajarishi mumkin emas.

Taqiq 2016 yil 1 yanvaridan kuchga kirishi mo‘ljallangan.

Xabar qilinishicha, ushbu taqiq shu paytgacha imzolangan shartnomalarga joriy etilmaydi.

Bir necha kun oldin Rossiya hukumati Turkiya qurilish shirkatlari boshlagan qurilish va ta‘mirlash ishlarini davom ettirishga ruxsat beradigan qaror qabul qilgan jdi.

53 Turkiya shirkatiga Rossiyadagi muhim binolarni qayta qurish ishlarini davom ettirishga izn berilgan.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, taqiq joriy etilmaydigan Turkiya shirkatlari 2016 yilning 1 yanvaridan Rossiyaning turli hududlaridagi qurilish va qayta qurish ishlarini davom ettiradilar.

Bu hududlar Boshqirdiston, Tatariston, Krasnodar o‘lkasi, Vladimir, Kaluga, Moskva, Nijegorodskiy, Samara va Tyumen viloyatlari, Yamal-Nenets muxtor o‘lkasi, Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari va Rossiya anneksiya qilib olgan Qrimdir.

Moskvada nashr qilinadigan "Kommersant" ro‘znomasi xabariga ko‘ra, Rossiyada ishlashga izn berilgan Turkiya shirkatlari Rossiya hukumati bilan muzoq muddatli shartnomalarga ega bo‘lgan shirkatlardir.

Ro‘znoma bundan keyin ham Rossiyadagi faoliyatini Enka, IC Ictas, Renaissance Construction, Ant Yapi, Mebe va Odak Group shirkatlari davom ettirishini xabar qilgan.

Bu shirkatlar Moskvadagi Davlat Dumasi binosini, "Moskva-Siti" majmuasining bir qismini, Sankt-Peterburg shahrining Pulьkovo aeroporti va Qozon shahridagi Qul Sharif masjidini ta‘mirlash bilan shug‘ullanadilar.

Shu yil 24 noyabr kuni Rossiya harbiy uchog‘i Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh hududida urib tushirildi.

Turkiya harbiylari ogohlantirishlarga qaramasdan, Rossiyaning Suriyada joylashtirilgan harbiy bazasidan parvoz qilgan Su-24 uchog‘i Turkiya havo hududini buzib kirgani haqida xabar qilganlar.

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z uchog‘i Turkiya havo hududini buzganini rad etadi.

Uchoq mojarosi ortidan Rossiya Turkiyaga nisbatan sanktsiyalar kiritdi.

Turkiya sohillarida hordiq chiqarayotgan rossiyaliklar vataniga qaytishga majbur bo‘ldilar, Rossiya hududida faoliyat yuritayotgan turk biznesmenlariga bosimlar boshlandi.

Rossiya Turkiyadan meva-sabzavot va tovuq go‘shtlari kiritilishini taqiqladi.

Turkiyadan import taqiqi yangi yilning birinchi kunidan kuchga kiradi.

2016 yil 1 yanvaridan Rossiya Turkiya bilan vizasiz tartibni ham bekor qildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Бу мавзуда батафсилроқ