Tayvan: zilzilada omon qolganlar qidirilmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Tayvan janubidagi Taynan shahrida qulagan binolar ostidan tirik qolgan insonlar qidirilmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 4 da yuz bergan Rixter shkalasi bo‘yicha 6,4 balli zilzila oqibatida kamida o‘n bir inson halok bo‘lgan, 300 dan ortiq kishi yaralangan.

Taynan mamlakatning yirik shaharlaridan biri hisoblanadi, unda qariyb 2 million aholi istiqomat qiladi.

Yer silkinishi bir necha binolarni vayron qilgan, ko‘plab binolar yoniga ag‘darilib tushgan.

Shahardagi eng baland binolardan biri 17 qavatli Wei Kuan turar-joy binosi bo‘lgan.

Binoda kamida 256 inson istiqomat qilgan.

Bu bino ichidan 200 dan ortiq kishi qutqarib olingan.

Biroq bir chaqaloq, bir qiz va ikki erkak jasadi topilgan.

Ichkarida yana kamida 30 inson qamalib qolgan deb ko‘rilmoqda.

Taynanga yetib borgan Tayvan Prezidenti Ma Ying-Jeou jabr ko‘rganlarga barcha yordam ko‘rsatiladi, deya va‘da bergan.

Xususan, uyini yo‘qotganlarga boshpana beriladi, deb aytgan prezident.

AQSh Geologik xizmati xabar qilishicha, dastlabki silkinishdan keyin yana beshta silkinish yuz bergan.

Zilzila epitsentri yer sathidan 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Bu degani uncha chuqur emas va silkinish vayronalari bundan-da kuchli bo‘lishi mumkin edi.

Odamlar o‘zlarining uylari 40 soniyacha silkinib turganini aytganlar.

Zilzila Xitoy taqvimi bo‘yicha yangi yil boshlanishidan bir kun oldin yuz bergan, bu kunda odamlar o‘z yaqinlarining uylarida yig‘ilganlar.

Zilzilaning kuchi epitsentrdan 300 kilometr shimolda ham sezilgan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbekInstagram - BBC UZBEKTwitter -BBC UZBEKOdnoklassniki - BBCUZBEKFacebook - BBC UZBEKGoogle+ BBC UZBEKYouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)Skype - uzbekbbclondon