"Ovro'poga 110000 dan ortiq muhojir kirdi"

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

Xalqaro Migratsiya tashkiloti e'lon qilishicha, 2016 yil boshlanganidan buyon Italiya va Yunonistonga 110 mingdan ortiq qochqin etib kelgan.

Birgina yanvar oyida Ovro'poga kirib kelgan muhojirlarning soni o'tgan yilning 1-oyidagi raqamga nisbatan 10 baravar ko'p bo'lgan.

2015 yilning dastlabki 2 oyi mobaynida Ovro'poga kirishga muvaffaq bo'lgan muhojirlarning soni 12000 kishini tashkil etgan.

Bu yilgi 110 mingdan 102 mingi Yunoniston sohillariga etib borganlar.

Ma'lumki, qishki oylarda dengizdan suzib o'tish yanada xavfli bo'ladi va Xalqaro Muhojirlik tashkiloti 413 inson cho'kib ketgan yoki bedarak yo'qolgan, deydi.

Birlashgan Millatlarning Qochqinlar bo'yicha idorasi aytishicha, bu insonlarning aksari urushlardan qochib o'z uylarini tashlab kelayotgan odamlardir.

Ya'ni, muhojirlarning aksari Suriya, Iroq, Libiya va Afg'onistondan bo'lib, ular orasida ayollar va bolalarning soni tobora ko'payib borayapti.

Birlashgan Millatlar ogohlantiradi: bu mamlakatlarda urushlar davom etar ekan, Ovro'po yanada ko'proq odamlarni kutishiga to'g'ri keladi.

Ayniqsa, issiq yoz kunlari kelganda, dengizdan suzib o'tishni istaydigan odamlarning soni ham ko'pyadi, deydi BMT.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter -BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Бу мавзуда батафсилроқ