3 yashar uyg‘ur go‘dak oilaviy biznesini himoya qildi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida 3 yashar uyg‘ur go‘dagining o‘z oilaviy biznesini himoya qilib Xitoy nazoratchilarini quvgani videosi ommalashib bormoqda.

Xorijdagi uyg‘ur faollariga ko‘ra, mobil telefonda tasvirga olingan hodisa Shinjon Uyg‘uristonining shaharlaridan biridagi bozorda yuz bergan.

Ayrim xabarlarda go‘dakning onasi, ayrimlarida esa buvisining bozorda noqonuniy yoyma savdo bilan shug‘ullangani xabar qilinadi.

Bozor nazoratchilari ayolni savdosidan to‘xtatish maqsadida kelganlar.

Videoda o‘nlab ko‘k va qora kiyimdagi xodimlar qurshovida qolgan dovyurak go‘dak, singlisi va o‘rta yoshlardagi ayol aks etgan.

Ayol bozor nazoratchilarining yoyma savdosini to‘xtatish amallaridan norozi bo‘lib gapirgani eshitiladi.

So‘ng qo‘liga temir tayoqni ushlab olgan go‘dak nazoratchilarni to‘xtatishga "muvaffaq bo‘lgan"ini ko‘rish mumkin.

https://www.facebook.com/icablenews/videos/498083347050405/

Nazoratchilardan biri bolani olib borib tinchitishga harakat qilganda "hujumga ham uchragan".

Hodisa qanday yakun topgani aniq emas.

Xorijdagi uyg‘ur faollari Shinjonda uyg‘urlarning biznes bilan, fermerlik bilan shug‘ullanishlariga to‘siqlar ko‘paygani haqida aytadilar, Xitoy hukumatini uyg‘urlarga nisbatan bosimlarni kuchaytirayotganlikda tanqid qiladilar.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring.

Бу мавзуда батафсилроқ