BBCUZBEK xalqaro yangiliklari qisqa satrlarda

Фото муаллифлик ҳуқуқи Getty

Prezident Obama Olmoniyaga safarini boshlagan. U Atlantika ummoni osha savdo va sarmoya hamkorligini ko'zda tutgan bitimni taklif etishi kutilgan. Janob Obamaning safaridan oldin Germaniya Iqtisodiyot vaziri Sigmar Gabriel ogohlantirishcha, agar AQSh Ovro'po shirkatlariga hukumat shartnomalarini qo'lga kiritishlariga izn bermasa, bu kelishuv barbod bo'ladi.

Saudiya etakchiligidagi Arab davlatlari harbiy koalitsiyasi Yamanda uyushtirgan havo hujumlarida "Al-Qoida"ning kamida 10 jangarisi o'ldirilgan. Mukalla shahrida jangarilar asosiy qarorgoh sifatida foydalangan bino nishonga olingan. Mukalla "Al-Qoida"ning Yamandagi mavqei kuchli mintaqa hisoblanadi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Shimoliy Iroqda esa Kurd va Turkman jangchilari o'rtasida to'qnashuv kelib chiqqan. Oqibatda sakkiz kishi halok bo'lgan. Zo'ravonlik "Tuz hurmatu" deb nomlangan joyda ro'y bergan. Bu joy Kurdlar va turkmanlar bo'lib turadigan hudud hisoblanadi. O'tmishda ham bu erda qurolli janjallar yuz bergan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи AP

Afg'oniston Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, Pokiston va Afg'oniston chegara qo'riqchilari o'rtasida qurolli to'qnashuv ro'y bergan. Oqibatda 1 Afg'on askari halok bo'lgan, ikki askar yaralangan. Hodisa juma kuni Nangarhor viloyatining Gushta tumanida ro'y bergan.

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

Xitoy Prezidenti Shi Jinping aytishicha, diniy guruhlar o'zlarini kommunist partiya nazoratiga berishlari kerak. Pekindagi ikki kunlik anjumanda gapirgan Shi Jinping so'zlariga ko'ra, mamlakatdagi diniy yo'nalish ham Xitoy qonunlari va ham Xitoy madaniyatiga mos bo'lishi shart.

Фото муаллифлик ҳуқуқи EPA

Janubiy Afrika respublikasi Prezidenti Jakob Zuma ikki kunlik davlat tashrifi bilan Eronga borgan. Unga katta sondagi biznesmenlar hamrohlik qilmoqdalar. Muzokaralarda asosiy e'tibor Eronga nisbatan jazo choralari bekor qilinganidan keyin JAR savdo aloqalarini qayta tiklashga qaratiladi.

Фото муаллифлик ҳуқуқи METRO

Turkiya politsiyasi hollandiyalik jurnalistini hibsga olgan. Bunga millati Turk Ebru Umarning Tvitterda Prezident Rajab Toyib Erdo'g'onni tanqid qilgani sabab bo'lgan. Umar xonimni Kushadasi dengiz sohilidagi dam olish erida hibsga olganlar.

Myanmarda tuxumdek keladigan do'l yoqqan. Oqibatda kamida sakkiz odam halok bo'lgan. Birmadan olingan foto va televizion kadrlarda odamlar do'ldan panaga qochayotganlari tasvirlangan. Uzoq davom etgan jazirama issiqdan keyin qattiq bo'ron turib yog'ingarchilik bo'lgan, shamol 1700 ibodatxona va ko'plab binolarni qulatgan.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring