IShIDdan so'ng ommaviy qabrlar topilmoqda

Фото муаллифлик ҳуқуқи EPA

BMT Bosh kotibining Iroq bo'yicha maxsus vakili va BMTning Iroqqa ko'mak missiyasi rahbari Yan Kubish xabar qilishicha, o'zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan guruhdan ozod qilingan hududlarda ommaviy qabrlar topilmoqda.

Yan Kubish BMT Xavfsizlik Kengashi qarshisida so'zlar ekan, shu paytgacha IShID qo'lidan tortib olingan Iroq hududida 50 dan ortiq ommaviy qabriston topilgan.

Bu "IShID sodir etgan jirkanch jinoyatlarning yaqqol dalillaridir", deb aytgan janob Kubish.

Xalqaro hamjamiyat IShID jangarilari javobgarlikka tortish choralarini ko'rishi kerak, deb aytgan BMT vakili.

"Men davom etayotgan iroqliklarni o'ldirish, o'g'irlash, jinsiy zo'rlash va qiynoqlarni keskin qoralayman. Bu jinoyatlar insoniyatga qarshi kurash, urush jinoyati va hatto qatliom ko'rilishi mumkin", deb aytgan Yae Kubish.

Ramadi shahrida aprel oyi mobaynida bir necha ommaviy qabr topilgan.

Bu qabrlarda 40 tacha inson jasadi bo'lishi mumkin deb ko'rilmoqda.

IShID Ramadi shahrini 2015 yil mayida o'z nazoratiga olgan, o'tgan yil dekabrida esa Iroq hukumat kuchlari shaharni ozod qilgan edi.

Katta hudud Iroq kuchlari nazoratiga o'tgan, lekin ayrim joylarda kichik-kichik hududlar "Islomiy Davlat" qo'li ostida qolmoqda.

Insonlarning jasadlari qoldiqlari Iroq shimolidagi Sinjar yaqinida, g'arbdagi Anbar viloyatida, shimoldagi Tikritda ham topilgan.

IShID jangarilari qabilalar vakillarini, Iroq askarlarini, Yazidiy ayol va bolalarni nishonga olganlar.

Ommaviy qabrlar guruh qo'lidan tortib olingan Suriya hududida ham topilmoqda.

BMT vakili Yan Kubish, IShIDga jiddiy zarba etkazilganiga qaramasdan, guruh hamon hujum qilishga va jang qilish yo'llarini o'zgartirishga qodir bo'lib qolayapti, deb aytgan.

"Iroqdagi insonparvarlik vaziyati dunyodagi eng og'ir vaziyat bo'lib qolmoqda", deya ogohlantirgan BMT rasmiysi.

Mamlakatda 10 milliondan ortiq inson, Iroq aholisining uchdan bir qismi xalqaro yordamga muhtoj, deb aytgan janob Kubish.

Iroqqa 2016 yili 861 million dollar atrofida yordam talab qilinadi, deya hisob-kitob qilingan.

Janob Kubish aytishicha, shu paytgacha 861 millionning atigi chorak qismi etkazib berilgan.

U donorlarni Iroqqa ko'maklarni tezlashtirishga chaqirgan.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз:+44 78-58-86-00-02
  • · ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • · Instagram - BBC UZBEK
  • · Twitter - BBC UZBEK
  • · Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • · Facebook - BBC UZBEK
  • · Google+BBC UZBEK
  • · YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • · Skype - uzbekbbclondon
  • · bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг