Bi-bi-si O'zbek Xizmatining televizion yangiliklar dasturi
Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 16 iyul kungi televizion yangiliklar dasturi

16 iyul dasturining asosiy mavzulari:

Kobuldagi namoyishda xudkush hujumchi nishonga olindi. Noroziliklar shimoliy viloyatlarda ham davom etmoqda. Namoyishchilar 2 haftadan beri General Do'stumning Afg'onistonga qaytishi va uning hibsga olingan vakilining ozod etilshini talab qilmoqdalar.

Davomiy namoyishlar tufayli Turkmaniston bilan Afg'oniston chegarasida joylashgan Oqina bandargohi yo'li 12 kundan beri yopiq qolmoqda. Oqibatda benzin kamayib ketgan, tijoratchilar zarar ko'rishmoqda.

Samarqanddagi ham musulmon, ham nasroniy va ham yahudiylar ziyorat qiladigan qabr - hazrati Doniyol maqbarasiga sayohat.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati Afg'oniston uchun televizion yangiliklar dasturi haftada 5 kun - dushanbadan juma kuniga qadar mamlakatda faoliyat qiluvchi Arezo (Orzu) TV orqali mahalliy vaqt bilan soat 18.00-18.10 da efirga uzatiladi.

BBC Uzbek Afg'oniston barnomasi bugungi kunda o'z Facebook sahifasiga ega.

Televizion dasturni Facebook va bbcuzbek.com, BBC Uzbek Afghanistan YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Bi-bi-si O'zbek Xizmati 13 iyul barnomasi