Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

So'z Sizga: Parlamon vakillariga qo'shimcha imtiyozlar berilishi kerakmi?

Image copyright WJ

Ulusi Jirga vakillari tomonidan o‘zlariga qo‘shimcha xos imtiyozlar berilishini ko‘zda tutuvchi yangi qonun loyihasining ma‘qullanishi joriy haftada Afg‘oniston bo‘ylab turli norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi. Yangi qonun loyihasi vakolati tugashi ortidan, sobiq parlamon vakili maoshining chorak foizi saqlanib qolishi, unga uy, siyosiy kimlik tazkirasi bilan birga umrbodga ikki qurolli tan qo‘riqchisi berilishini ko‘zda tutadi. Qonun loyihasi Sano majlisi tomonidan rad etilganiga qaramay, faollar hanuz xavotirda. Ularga ko‘ra, yangi qonun loyihasi tasdiqlansa, bu - mardum manfaatlariga zid bir ish bo‘ladi.

Shunday ekan, xalqning namoyondasi bo‘lgan vakillarni bu ishga nima undagan bo‘lishi mumkin? Mardum yangi qonun loyihasidan nega xavotirda? Bu - mardum bilan parlamon orasida ishonchsizlikning paydo bo‘lishiga xizmat qilishi mumkinmi?

Biz bu haftalik "So‘z Sizga" barnomamizda ayni shu savollarni bahs ostiga olishga qaror qildik.